5-Mavzu: Shaxs


Faoliyatning muhim xususiyatlari


Download 63.34 Kb.
bet9/13
Sana18.02.2023
Hajmi63.34 Kb.
#1212196
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-maruza sirtqi (2)

Faoliyatning muhim xususiyatlari

Hayvonlar faolligi

Inson faoliyati

Instinktiv - biologik faollik

Bilishga va muloqatga bo'lgan ehtiyojlar bilan yo'naltirilgan

Hamkorlikdagi faoliyat emas, biologik maqsadlar, (oziqlanish, himoyalanish)ga asoslangan to'da bo'lib yurish.

Kishilik jamiyati hamkorligidagi faoliyat asosida tashkil topgan, har bir harakat inson uchun hamkorlikdagi faoliyatidagi o'rniga ko'ra ahamiyatlidir

Ko'rgazmali - yaqqol vaziyatlar bilan boshqariladi.

Predmet va hodisalarni mavhumlashtirish, ular o'rtasidagi sababiy boqlanish va munosabatlarni aniqlash mumkin.

Irsiy jihatdan mustahkamlangan dastur (instinkt)lar asosidagi xatti-harakatlar, ko'nikmalar yakka tartibda hosil bo'lib hayvonning yashash uchun tashqi sharoitlarga moslashishi sifatida namoyon bo'ladi.

Tajribani berish va o‘zlashtirish muloqotning ijtimoiy vositalari (til va boshqa belgilar tizimi) yoki moddiy madaniyat mahsulotlari orqali amalga oshiriladi.

Yordamchi qurollar, vositalar yasashi mumkin, ammo undan qurol sifatida doimo foydalanmaydi. Bir qurol yordamida boshqa qurol yasay olmaydi.

Mehnat qurollari yasab, uni keyingi avlodlariga ham qoldirishi mumkin. Turli predmet va qurollardan foydalanib, yangi qurol va vositalar yarata oladi.

Tashqi muhitga moslashadi

O‘z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi dunyoni o‘zgartiradi.

Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehiyoji bo’lishi mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollik manbai bo’lgan faoliyat yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.
Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti-harakati o’rtasidagi farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni anglab olingan maqsad bilan boshqaradi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo’lmasin maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi.
I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lgan, shu sababdan uning asarlarida "Tafakkurning faol shakli", "Tafakkur faoliyati", "Miya faoliyati", "Muskul faoliyati" so‘z birikmalar keng ko’lamda joy olganligi I.P.Pavlov tomonidan "Oliy nerv faoliyati", N.A.Bernshteyn esa "Fiziologik faolligi" atamani fan olamiga olib kirgan. Lekin N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma'nosiga ko’ra farqlagan bo’lishiga qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma'nosida qo’llagan.
Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma'nosi sifatida talqin qilingan bo’lsa, ish, mehnat faoliyati, "mehnat faolligi" mazmunida qo’llaniladi. Ijtimoiy psixologiyada "Faoliyat - faollik - ish - mehnat", "Faoliyat - xulq", "Mehnat - xulq, faoliyat" ko’rinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat birligi tamoyilini ilgari surib, uni atroflicha asoslab berib, faoliyat psixologiyasini yaratish zarurligini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik emas, balki "ijtimoiy kategoriya", psixologiya esa "mehnat faoliyatining psixologik jabhalarini" tadqiq etadi.
A.N.Leont’yev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy tushunchasi sifatida "Predmetli faoliyat" so‘z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif tomonidan "Odamning hissiy amaliy faoliyati" so‘z birikmasi "Ijtimoiy inson" sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida "Faoliyat", "Xulq" tushunchalari har xil mazmunda ishlatiladi, jumladan "Teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish", "Faoliyatning halqali tuzilishi", "Faoliyatni boshqarish", "Qo’lning tuyush faoliyati", "Perseptiv faoliyat", "Reseptor va effektor" apparatlarining hamkorlik faoliyati kabilar.
B.G.Anan’yev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma'nosida tushunadi. Uning fikricha, bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko’rinishidir. Tadqiqotchi "Inson faoliyati", "Tashkiliy ish", "Tashkilotchilik faoliyati", "Xulq jarayonining algoritmlari" atamalaridan har xil ma'noda foydalanadi.

Download 63.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling