5-Mavzu. Statistik ko`rsatkichlar reja


Koordinatsiya nisbiy miqdorlari


Download 218.52 Kb.
bet10/16
Sana02.01.2022
Hajmi218.52 Kb.
#185006
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
5 Мавзу.Статистик кўрсаткичлар (1)

Koordinatsiya nisbiy miqdorlari deyilganda to`plamdagi guruhlar (bo`laklar)ning bir-biriga bo`lgan nisbati tushuniladi. Ular tuzilma nisbiy miqdorlarini to`laroq xarakterlash, shuningdek to`plam birliklari o`rtasidagi zaruriy nisbatlarni nazorat qilish uchun keng qo`llaniladi. Masalan, sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda «A» va «B» guruh mahsulotlari, milliy daromad qiymatida iste`mol va jamg’arma nisbati, korxonalarda xodimlar toifalari o`rtasidagi zaruriy nisbatlar koordinatsiya nisbiy miqdorlarini hisoblash yordamida kuzatiladi.

Intensiv nisbiy miqdorlar hodisa va jarayonlarning tarqalish zichligini, uchrashish tezligini tavsiflaydi. Bunday miqdorlar bir-biri bilan bog’langan turli xildagi hodisalarni taqqoslash natijasida olinadi.

Statistikada turli-tuman intensiv nisbiy miqdorlar qo`llaniladi. Jumladan, aholining turmush darajasini tavsiflovchi ko`rsatkichlar, masalan, jon boshiga to`g’ri kelgan milliy daromad, 100 kishiga to`g’ri kelgan o`rta va oliy ma`lumotlar soni, shifokorlar, 1 ga erga solingan o`g’it, 1 km2 ga to`g’ri kelgan aholi va hokazo.

Intensiv nisbiy miqdorlarning boshqa turdagi nisbiy miqdorlardan farqi shundaki, bu miqdorlarning natijalari mavhum ko`rinishda, ya`ni koeffitsient, foizda emas, balki aniq son, hajm va miqdorlarda ifodalanadi.




Download 218.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling