5-Mavzu. Statistik ko`rsatkichlar reja


SHartli natura – o`lchov birligi


Download 218.52 Kb.
bet7/16
Sana02.01.2022
Hajmi218.52 Kb.
#185006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
5 Мавзу.Статистик кўрсаткичлар (1)

SHartli natura – o`lchov birligi deyilganda bir xil turdagi iste`mol qiymatga ega bo`lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o`lchov birliklari tushuniladi. Bu birlik (koeffitsientlar) negizida o`rganilayotgan hodisalarning muhim iste`mol qiymatiga asoslangan nisbatlar yotadi. Masalan, statistika va rejalashtirish amaliyotida trak­torlar – etalon traktorlarda, 4 o`qli yuk vagonlari – ikki o`qlilikka, so­vunlar – 40 foiz yog’lilik darajasiga aylantirilgan holda ifodalanadi.

5.3. Nisbiy miqdorlar to`g’risida tushuncha.

Jamiyat taraqqiyotini nisbiy miqdorlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Hamma narsa taqqoslanishda bilinadi.

Ijtimoiy-iqtisoiy hodisalarni bilish va o`rganishda mutlaq miqdorlar muhim qurol vazifasini o`ynasa-da, ammo ular bilan cheklanib qolish mumkin emas. CHunki svodkalash natijasida olingan dastlabki mutlaq miqdorlar hodisa va jarayonlarning qanday suratda rivojlanayotganligini, ularning intensivligini tavsiflay olmaydi.

2001 yilda viloyatda 315 ming tonna don mahsuloti etishtirildi. Bu son umumiy mutlaq miqdor bo`lib, etishtirilgan donning oz yoki ko`pli­gini, viloyatning belgilangan rejasi bajarilgan yoki bajarilmaganini bevosita ko`rsata olmaydi. Bu tomonlarni bilish uchun 2001 yildagi don mahsulotlari miqdorini oldingi ko`rsatkichlar yoki shu yilgi reja bilan taqqoslash kerak. Aynan shunday taqqoslash natijasida nisbiy miqdorlar olinadi. Taqqoslashda ko`pincha mutlaq miqdorlar qo`llaniladi. ayrim hollarda o`rtacha va nisbiy miqdorlar ham o`zaro taqqoslanishi mumkin.

SHunday qilib, ikkita taqqoslama mutlaq miqdorni bo`lish natijasida olingan umumlashtiruvchi miqdor statistikada nisbiy miqdorlar deb ataladi.

Nisbiy miqdorlar har xil shakllari ifodalanish mumkin. ularning ifodalanish shakli bazis miqdorning (nisbat maxrajini) qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog’liqdir. SHunga qarab, nisbiy miqdorlar koeffitsientlarda, foizda, promilleda, prodetsimilleda ifodalanadi.



  • Agar bazis miqdor 1 ga tenglashtirib olinsa, u holda nisbiy miqdorlar koeffitsientda ifodalangan bo`ladi. masalan, 1991 yilda viloyatda 41,9 mln.m3 gaz qazib olingan bo`lsa, 2001 yilda uning miqdori 49 mln.m3 dan oshdi. Agar 41,9 mlrd.m3 bir birlik deb qabul qilinsa, u holda 49 mln.m3 necha birlikni tashkil etadi. Oddiy proportsiya tuzaiz:

birlikka teng.

Demak, viloyat gazi shu davr ichida 1,17 martadan ortiqroq ko`paygan.

Agar bazis miqdor 100 ga tenglashtirilsa, uholda nisbiy miqdorlar foizda ifodalangan bo`ladi:

foiz.

Bundan shunday xulosa chiqadiki, 1991 yilda har 100 birlikka 41,9 mlrd.m3 gaz qazib olingan bo`lsa, 2001 yilda esa bu son 49,0 mln.m3 ni tashkil qilib, taqqoslanadigan baza miqdoriga nisbatan 17,0 foizga oshgan.



Agar bazis miqdor 1000 ga tenglashtirilsa, u holda nisbiy miqdorlar promilleda (0/00)2 ifodalangan bo`ladi:

promille.

Nisbiy miqdorlarning ifodalanish turlari va ularning shartli ishoralari

Bazis miqdor

Nisbiy miqdorlarning ifodalanishi

Ifodalanishlarning shartli belgilari

Miso­limizda

1

Koeffitsientlarda

1/10

1,170

100

Foizda

0/00

117,0

1000

Promilleda

0/000

1170

10000

Prodetsimilleda

0/0000

11700


Download 218.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling