5-Mavzu. Statistik ko`rsatkichlar reja
Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi
Download 218.52 Kb.
|
5 Мавзу.Статистик кўрсаткичлар (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2.chizma: Nisbiy miqdorlarning turlari
5.4. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.
Nisbiy miqdorlar hisoblanayotganda taqqoslash bazasi (maxraj) qilib har xil miqdorlar qabul qilinishi mumkin. Jumladan, bazis miqdor sifatida davlat buyurtmasi, o`tgan davr miqdori (hajmi), o`rganilayotgan hodisa yig’indisi, boshqa mintaqa (hudud) ko`rsatkichi yoki qandaydir boshqa hodisalar ko`rsatkichi olinishi mumkin. Shunga qarab, nisbiy miqdorlar quyidagi asosiy turlarga bo`linadi: 5.2.chizma: Nisbiy miqdorlarning turlari Har bir nisbiy miqdor turi muayyan vazifani bajaradi. Reja topshirig’i nisbiy miqdori rejalashtirilayotgan davr ko`rsatkichining oldingi yilning haqiqiy ko`rsatkichiga nisbatan qanday o`zgarishi lozimligini ko`rsatadi va quyidagicha hisoblanadi:
bu erda: RTnm – reja topshirig’i nisbiy miqdori. DRT – joriy davr uchun reja topshirig’i. Do – bazis davrda haqiqiy bajarilgan ko`rsatkich. Buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdori muayyan davr ichida shartnomadagi topshiriqlarning qay darajada bajarilganligini tavsiflaydi. Buning uchun haqiqiy bajarilgan ko`rsatkich buyurtmadagi ko`rsatkich bilan taqqoslanadi: . bu erda: RTnm – buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdori; D1 – joriy davrda haqiqiy bajarilgan daraja; DBT – buyurtmadagi topshiriq darajasi. Dinamika nisbiy miqdorlari bir xil turdagi hodisa va jarayonlarning vaqt bo`yicha o`zgarishini tavsiflaydi. Ular joriy davr ko`rsatkichini bazis davr ko`rsatkichiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Agar davrlar soni uch va undan ortiq bo`lsa, u holda har bir keyingi davr darajasini undan oldingi davr darajasiga taqqoslash yo`li bilan ham dinamika nisbiy miqdorlarini aniqlash mumkin. Birinchi ko`rinishda hisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari bazisli, ikkinchisi esa zanjirsimon deb yuritiladi. Umumiy ko`rinishda ular quyidagicha hisoblanadi: 1. . 2. . bu erda: – bazisli usulda hisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari;
Bazisli yoki zanjirsimon nisbiy miqdorlarni qo`llash tahlil oldida qo`yilgan maqsadga bog’liq. Agar faqat bazis davrga nisbatan keyingi davrlar darajasi qancha o`zgarganligini bilmoqchi bo`lsak, u holda bazisli usul, agar har bir keyingi davr o`zidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha o`zgarib borayotganini kuzatmoqchi bo`lsak, u holda zanjirsimon usul qo`llaniladi. Reja topshirig’i (DRT/Do), rejaning bajarilishi (D1/DRT) va dinamika (D1/Do) nisbiy miqdorlari o`rtasida quyidagi bog’lanish mavjud: reja topshirig’i nisbiy miqdori bilan reja bajarilishi nisbiy miqdorining ko`paytmasi dinamika nisbiy miqdoriga teng. Buni quyidagicha yozish mumkin: . Download 218.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling