5-mavzu. Suv, yer resurslari va ularni muhofaza qilish reja


Yaroqsiz yerlar sifatini yaxshilash


Download 218.5 Kb.
bet6/7
Sana20.10.2023
Hajmi218.5 Kb.
#1711979
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-MAVZU. Suv, yer resurslari va ularni muhofaza qilish

Yaroqsiz yerlar sifatini yaxshilash


Sho‘rlangan yerlar melioratsiyasi. Sug‘orma dehqonchilikda yerlarning ikkilamchi sho‘rlanishi jiddiy muammo hisoblanadi.
Ikkilamchi sho‘rlanishning asosiy sababi - quvursiz, yer zaxini qochirmasdan sug‘orishdir. Bunda grunt suvlari ko‘tarilib, mineralizatsiya jarayoni oshadi, sug‘orish meyorini oshirish va suvdan oqilona foydalanmaslik esa ikkilamchi sho‘rlanishga olib keladi.


Eroziyaga uchragan yerlarning hosildorligini tiklash. Bu borada meliorativ va o‘rmon meliorativ tadbirlarini, tabiiy ekotizim va agroekotizim munosabatidagi mutanosiblikni (balans) saqlash, agrolandshaftlarni rekultivatsiya qilish zarur.


Degumidlangan (oriqlagan) tuproq hosildorligini tiklash. Tuproq haydalma qatlamidagi organik moddalar zahirasini saqlash uni biologik usullar bilan (hududlarga optimal o‘t o‘simliklar ekish) qayta ishlash masalasini, organik o‘g‘itlarni qo‘llash, yerlarni qayta ishlashni mukammallashtirish, kaliforniya chuvalchangi bilan organik chiqindilarni qayta ishlash, gumusning optimal holatini tiklashni talab etadi.
Yaylovlarda fitomelioratsiya ishlarini olib borish. Bunda agrotexnik tadbirlar, shuningdek mavjud o‘simliklarning hosildorligini oshirishda o‘g‘itlardan fydalanish, begona o‘tlarni yo‘qotish, toshlardan tozalash, suv rejimini boshqarish talab etiladi. Bu tadbirlarni qo‘llash hisobiga, yaylov va pichanlar hosildorligi 1,5 - 2,5 marta oshadi.
Yaroqsiz holga kelgan yerlarni rekultivatsiya qilish yo‘nalishlari:

  1. Rekreatsion yo‘nalish – obodonchilik, hovuzlar, sport maydonlari, o‘yin maydonlari, bolalar maydonchalari qurish.

  2. Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi – yaylov, bog‘, uzumzorlar yaratish.

  3. Sanitar-gigiyenik yo‘nalish – biologik yoki texnik yo‘l bilan yaroqsiz yerlarni atrof-muhitga ta’sir qilmaydigan sharoitda konservatsiya (buzilmaydigan holga keltirish) qilish.

  4. O‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishi – turli tipdagi o‘rmonzorlar barpo qilish.

  5. Baliqchilik yo‘nalishi – baliqchilikni rivojlantirish shart-sharoitlariga amal qilgan holda suv havzalarini barpo etish.




Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling