5 Mavzu: Tadqiqot metodi va metodologiyasi. Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti


Download 57.7 Kb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi57.7 Kb.
#1595110
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ИТМ 5

5.3. Kompyuterli eksperiment
Ilmiy tadqiqotda kompyuter texnologiyasidan foydalanish yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Bu texnologiya o’zida matematik va xayoliy eksperiment, modellashtirish va analogiya usullarida mavjud bo’lgan afzallik va ustun tomonlarini birlashtiradi.
Kompyuter texnologiyasida eksperiment qo’yish uchun zarur bo’lgan mexanizm va vositalar mavjud. Bulardan eng muhimi kompyuter dasturida mujassamlalangan sun’iy aqldir.
Inson aqli bajaradigan amallar va funksiyalarni (xisoblash, obrazlarni tanish, boshqarish, tahlil qilish, umumlashtirish, baholash va boshqalar) kompyuter tomonidan bajarilishi sun’iy aqlni namoyon bo’lishidir. Sun’iy aql faoliyatini yuzaga keltiradigan struktura kompyuter dasturidir. Kompyuterli grafikani ixtiro qilinishi, uni fan va amaliyotning turli sohalarida keng tatbiq etilishi sun’iy aql texnologiyasini takomillashtirish ishida tub burilish yasadi.
Sun’iy aql (inson aqlini modeli, analogi sifatida)ikkilamchi xislatga ega bo’lsada, ko’p jarayonli, beqiyos parametrli va o’ta murakkab obyektlarni o’rganishda bugungi kunda tengi yo’q vosita hisoblanadi.
Hozirgi yaratilayotgan kompyuterni beshinchi avlodi bir daqiqada bir va undan ko’p milliard holat yoki variantlarni qayd qilishi mumkin. Uzaro bog’langan prosessorlar ansamblidan tashkil topgan bunday texnologiya kampyuterli grafika yordamida har qanday murakkab obyektni xossasi, harakati va o’zgarishini modellashtirish qobiliyatiga egadir.
Kompyuterli eksperimentda asosiy qurol-dastur va ekspertli baholash tizimidir. Oxirgisi ham dasturni maxsus turini tashkil qiladi. O’zaro bog’langan prosessorlar tizimiga o’xshash, eksperimentni o’tkazishda turli operasiyalarni bajarishga muvofiqlashtirilgan dasturlar turini tuzib, undan foydalanish mumkin.
Dastur ko’rsatma, algoritm, freym va slotlardan iborat bo’lgan tizimdir. Freym dasturga kiritilgan, obyektning biron-bir xossasi yoki belgisini ifodalaydigan atama va hukm blokidir.
Xar bir freym obyektni belgisi haqida axborot beradigan slotdan tashkil topgan. Slot freym unsuri bo’lib, ayni paytda quyi darajaga nisbatan mikrofreym rolini o’ynaydi. Boshqacha qilib aytganda, har bir slotda boshqa bir freymni ko’rsatkichi mavjud. Demak, freymlar va slotlar kombinasiyasini (o’zaro uyg’un birikmasini) tuzish orqali har qanday obyektning modelini yaratsa bo’ladi. Ko’rgazma vosita sifatida daraxt obrazidan foydalanish mumkin. Daraxt ildiziaxborot banki (manbai), tanasi – dastur, undagi algoritm, shoxlari – freymlar, barglari – slotlardan iborat. Bu sxema xolos, chunki aytganimizdek, har bir slot freym ko’rsatkichiga ham ega.
Freymlar tarkibiga oldingi tajribalarda maymunlar bilan o’tkazilgan eksperimental sinov natijalari ham kiritiladi.
Tuzilgan animasion modelga axborot buyruq shaklini olgan vazifa (ta’sir) sifatida beriladi. Natijada, maymunlar guruhini tasvirlagan model muammoli vaziyatga duch keladi. Vaziyat model uchun noma’lum holat, model vaziyatdan chiqish uchun eng optimal harakat variantini tanlashga urinadi.
Ijobiy natija bergan yechim tahlil uchun ekspert tiimiga topshiriladi va ballar qiymatida primatlar faoliyatini intellektual darajasi baholanadi.
Organik kimyo sohasida birikmalarning molekulyar strukturasini aniqlashga qaratilgan dasturlar ishlab chiqildi. AQSh olimlari Feygenbaum va Lederberg DENDRAL deb atalgan ekspert tizimini yaratganlaridan keyin, noma’lum organik birikma xossalarini belgilashga yordam beradigan kompyuterli eksperiment o’tkazish imkoniyati vujudga keldi.
Hozirgi vaqtda bioximiya va genetikada ishlab chiqilgan kompyuterli – virtual eksperimentlar, ayniqsa ulardagi jarayonlarni tasvirlaydigan animasion modellardan ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida o’rganish va namoyish qilish vositasi sifatida foydalanilmoqda.
Xulosa

    • Usul-bu amaliy yoki nazariy natijaga erishish maqsadida tatbiq qilinadigan qoida, ko’rsatma va tamoyillar tizimidir. Usul biron – bir faoliyatni amalga oshirish quroli sifatida oldin jismoniy mehnat, keyinchalik aqliy faoliyat sohasida keng tatbiq qilingan.

    • Usul izlanish samaradorligini ta’minlaydigan tizimli qurol bo’lib, ilmiy tadqiqotda belgilangan muammolarni hal qilishni muhim shartidir.

    • Tadqiqot va usul o’rtasida uzviy bog’lanish mavjud. Yangi ishlab chiqilgan g’oyalar va tushunchalar keyingi tadqiqotlarda uslubiy qoida, tamoyil sifatida foydalaniladi.

    • Usulga doir mulohazalar metodologiya ilmi predmetini tashkil qiladi.

    • Fan yoki mavjud nazariyada tub o’zgarish sodir bo’lganda, tatbiq qilinayotgan usullar qayta ko’rib chiqiladi, yangi tadqiqot obyektiga mos izlanish usuli ishlab chiqiladi. Bu ish metodologik faoliyat doirasiga kiradi.

    • Metodologiya usul, uning mohiyati va funksiyalari, usullarning ijodiy xislatlari haqidagi ta’limot bo’lib, doimo tadqiqotchining diqqat markazida turadi.

    • Tadqiqot usullari tasnifini bir qancha asos yoki belgi bo’yicha amalga oshirish mumkin:

    • yo’nalishlar bo’yicha, matematik, fizik, biologik va usullar;

    • soha va darajalar bo’yicha: tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-gumanitar

tadqiqotlar usuli;
- tatbiq qilinish miqyosi bo’yicha : eng umumiy, umumilliy, maxsus ilmiy usullar. Tadqiqot obyektlarida mavjud bo’lgan qonuniyatlar, bog’lanishlar, me’yoriy qiymatlar o’zgaruvchan yoki barqaror xossalar, belgilar va holatlar orqali namoyon bo’ladi. Harakat, o’zgarish va funksional bog’lanishlarni boshqaradigan qonuniyatlar xossasalar, belgilar va hodisalar ortida «yashiringan» bo’ladi. Shu xossasalar, belgilar, hodisalar empirik bilish obyekti bo’lib, ularni o’rganish natijasida «yashiringan» mohiyatli xossalar va qonuniyatlar kashf etiladi, tushuntiriladi.
- Empirik tadqiqot usuli obyekt xususida ma’lumot va faktlarni olish, ularni birlamchi qayta ishlash vositasidir. Empirik ma’lumotlar va faktlar keyinchalik nazariy tadqiqot doirasiga kiritiladi.
- Nazariy tadqiqot doirasiga kirgan ma’lumotlar va faktlarni tushuntirish kashf etishga, qonun yoki tamoyilni ishlab chiqishga, texnologik ixtiro qilishga olib keladi.
- Empirik tadqiqotda kuzatish va o’lchash natijalari taqqoslash va tavsiflash usullari yordamida qayta ishlanadi.
- Taqqoslashda obyektlardagi o’xshashlik, umumiylik, moslik, aynanlik, farq, xususiylik, individuallik (betakror xislat) kabi birlashtiruvchi yoki farqlanadigan belgilar, xossalar aniqlanadi.
- Tavsiflash usulidan foydalanishda obyektning belgilari va xossasalariga doir axborot va faktlarni birlamchi empirik qayta ishlash jarayonida u haqida to’liq yoki to’liqsiz tasavvur (obraz, model) hosil bo’ladi.
- Eksperimental vosita va asboblardan foydalanish tadqiqotchilarga bevosita kuzatib bo’lmaydigan obyektlar olamiga kirish imkoniyatini beradi.
- Eksperimentni o’tkazishni bir qator xislatlari mavjud: 1) obyektni sun’iy sharoitga qo’yish; 2) obyektga turli xil ta’sir ko’rsatish orqali uning xossalarini sof holda yuzaga chiqarish, ularni kuzatish; 3) obyektni eksperemal (eng yuqori va eng past daraja) holatga quyib o’rganish; 4) eksperimentni belgilangan va qaytariladigan sharoitda ko’p marta takrorlash mumkin.
- Real eksperimentni o’tkazishni iloji bo’lmaganda, tadqiqotchilar xayoliy (aqliy) eksperimentga murojaat qiladilar, uning afzalliklaridan foydalanadilar.
- Xayoliy eksperimentda tasavvur qilish kuchi bilan ongda obyektni modeli hosil qilinadi, model turli sharoitga qo’yiladi, fikran unga ta’sir ko’rsatiladi.
- Matematik eksperiment asosini o’rganilayotgan obyektning matematik modelini tuzish tashkil qiladi. Eksperimentda model parametrlari va qiymatlariga fizik yoki boshqa turdagi ma’no beriladi, u xilma-xil sun’iy sharoitga quyiladi.
-Kompyuterli eksperimentni asosi- bu dasturda ifodalangan, aniqrog’i unda mujassamlangan sun’iy aqldir. Dastur (sun’iy aql) ko’rsatma, algoritm, freym va slotlardan iborat bo’lgan tizimdir.

Download 57.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling