5-mavzu. Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi. Reja


Induktiv xulosa chiqarish


Download 102.63 Kb.
bet7/25
Sana09.04.2023
Hajmi102.63 Kb.
#1344690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
fizika 5-maruza

Induktiv xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o`tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni o`rganish asosida umumiy qonun va hoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini o`tkazadi, po`lat elektr tokini o`tkazadi, mis elektr tokini o`tkazadi, ruh elektr tokini o`tkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini o`tkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz.
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz`iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini o`tkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini o`tkazadi.
Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba`zi bir belgilari o`xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining o`xshashligi to`g`risida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga o`xshash bo`lgan ba`zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi.
Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga to`g`ri keladi.
Odatda tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi.
Tushunchalar ko`lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to`planma tushunchalarga bo`linadi. Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo`ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo`ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo`lgan ko`p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar.To`planma tushunchalar bir jinsda bo`lgan narsa va hodisalar to`plami haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yig`ilish va hokazolar. To`planma tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda umumiy to`planma tushunchalar bo`ladi.
Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya`ni klassifikasiyalash, umumlashtirish va abstraksiyalash yordami bilan vujudga keladi. So`zlar, belgilar, simvollar, atamalar tafakkur jarayonida tushunchalarning mazmunini aks ettiradi. I.P.Pavlov ta`biri bilan aytganda, so`z ikkinchi signal tizimining, barcha signallarning signallaridir, binobarin shu signallarning hammasini ifodalaydi, shu signallarning hammasini umumlashtiradi.
Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, atamalar yuzaga kelaveradi, iste`moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi. Determinizm tamoyiliga binoan so`zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita bo`lib xizmat qilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so`zlar va iboralar vujudga keladi, yoinki yangicha talqin qilish kuchayadi. So`z bilan tushunchalarning chambarchas bog`lanishi va munosabati filogenezda ham ontogenezda ham operasional va funksional xususiyatlarni yo`qotmaydi. Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikasiya qilinadi.

Download 102.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling