5-mavzu. Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi. Reja
Download 102.63 Kb.
|
fizika 5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- B.G.Ananev
Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so`zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, chizma geometriya, oily matematika masalalarini yechish mahalida fikr yuritish, mulohaza bildirish, abstrakt tafakkurga xos misollardir.
Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Tushunchalar o`rtasidagi bog`lanishlarni yoritib borish va shu bog`lanishlarni nazariy jihatdan fikr yuritish yo`li bilan izohlash kabi jarayonlarni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, umuman butun voqelik ma`lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va ularning farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko`rsatiladi. Nazariy tafakkurni ayni bir paytda abstrakt tafakkur deb nomlash an`ana tusiga kirib qolgan. Bunday nom bilan atashga asosiy sabab nazariy tafakkurning umumiy hukmlarda ifodalanishidir. Masalan, diqqat barcha psixik jarayon va holatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish garovidir. Abstrakt tafakkur muammosi qator sobiq sovet psixologlari tomonidan izchillik bilan tadqiq etilgan. Sobiq sovet psixologiyasining dastlabki rivojlanishi pallasida ushbu masala bilan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiylar, keyinchalik S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galperin, R.G.Natadze, D.B.El`konin, V.V.Davidov, A.M.Matyushkin va boshqalar shug`ullanganlar. Nazariy tafakkur tufayli voqelikdagi umumiy va muhim bog`lanishlarni, xossalarni, qonuniyatlarni anglab olamiz. Shuning uchun quyosh va oy tutilishini, yulduzlar tizimini harakatini, ob-havo ma`lumotlarini, yer qimirlash o`choqlarini, voqea sodir bo`lishini ancha ilgari aytib berishimiz mumkin. Shu sababdan nazariy tafakkurni oldindan ko`rish imkoniyatini yaratadigan umumlashgan tafakkur deb ataydilar. Shunday qilib, abstrakt tafakkur orqali narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish mumkin bo`lmagan xususiyatlari, o`zaro munosabatlari aniqlanadi, u yoki bu sohaga oid qonuniyatlar ochiladi, sabab-oqibat bog`lanishlari aks ettiriladi. Muayyan fikrni chin yoki yolg`onligini ob`ektiv dalillar bilan isbotlash o`rniga, inson shaxsining ijobiy yoki salbiy sifatlari bilangina cheklanib qolishdan iborat tafakkur turi avtoritar tafakkur turi deb ataladi. U ko`pincha odamlarning muayyan soha bo`yicha bilim saviyasining, darajasining cheklanganligidan va mustaqil fikr yuritish qobiliyatining yetarli darajada o`smaganligidan dalolat beradi. Shuningdek, psixologiyada bir-birlari bilan uzviy ravishda bog`langan mulohaza yuritishdan iborat tafakkur jarayonini diskursiv tafakkur deb ataladi. Psixologiya fanida tafakkurni realistik va autistik turlarga ajratiladi. Realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o`rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo`lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan voqelikni in`ikos qiladi. Autistik tafakkur insonning hohish va istaklarini amalga oshirish bilan bog`liq ravishda sodir bo`ladi. Amalga oshirilishi lozim bo`lgan tafakkur harakatlari o`sha shaxsning o`z tilaklarini ro`yobga chiqarishga yo`naltirilgan fikr yuritilishdan iborat individuallik yoki individualistik tafakkurdir. Masala yechimini qabul qilishga va informasion tayyorgarlik ko`rishga qaratilgan fikr yuritish vizual tafakkur deyiladi. Vizual tafakkur maqsadga muvofiq xarakatlar yoki anglanilmagan operasiyalar, chunonchi obrazlar manipulyasiyasi va transformasiyasi yordami bilan amalga oshiriladi va "aqliy anglanish"dan namoyon bo`ladi. Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri Z.I.Kalmikova o`z tadqiqotlarida tafakkurni produktiv va reproduktiv turlarga ajratib o`rgangan edi. qisqa vaqt birligi ichida yangi orginal fikrlar yaratish yoki muhim ilmiy, amaliy masalalarni hal qilish bilan belgilanadigan tafakkur produktiv tafakkur deb ataladi. Reproduktiv tafakkur esa passiv, tayyor mulohazalarni o`zlashtirib olishga va "tayyor holda" undan foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati ko`rinishidir. Fazoviy tafakkur muammosi atoqli rus psixologi B.G.Ananevva uning shogirdlari tomonidan tadqiq qilingan bo`lib, keyingi yillarda bu muammo yuzasidan taniqli psixolog I.S.Yakimanskaya tomonidan kasb-hunar kolleji o`quvchilarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fazoviy tafakkur deganda narsa va hodisalarning fazoda rasional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog`lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish jarayoni tushuniladi, tasavvurlar, xotira va xayol tasavvurlari bilan uzviy bog`liq holda namoyon bo`ladi. Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o`zining individual xususiyatlariga ega bo`lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operasiyalarining munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo`lishida o`z ifodasini topadi. Odatda tafakkurning individual xususiyat-lari, sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi. Download 102.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling