5-mavzu: ta`lim mazmuni. Reja


Ta’lim mazmuni o’zi nima? Uning ma’lumot mazmuni bilan munosabati


Download 215.22 Kb.
bet2/11
Sana05.04.2023
Hajmi215.22 Kb.
#1273846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-maruza

Ta’lim mazmuni o’zi nima? Uning ma’lumot mazmuni bilan munosabati
Ma’lumot mazmuni - yoshlarning ma’lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo’ljallab hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo’li bilan tanlangan bilimlar,ko’nikma-malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlardir1.
Ta’lim mazmuni- yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma’lumot mazmunidan tanlanib, ta’lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko’nikma-malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur xodisalarini emotsional baholashga doir munosabatlardir. Ta’lim mazmuni ma’lumot mazmuni asosida tanlanadi. Ta’lim mazmunini o’rgatish va o’zlashtirish yo’li bilan ma’lumot mazmunini amalga oshirishga, binobarin, yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalashga qarab boriladi.
Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:

  • ta’lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish;

  • ta’lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi;

  • ta’lim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, o’quvchilar imkoniyatlarining mavjud o’quv dasturlariga mosligi;

  • ta’lim hajmining uni o’rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;

  • ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;

  • ta’lim mazmunini loyihalashda ilg’or xorijiy tajribalarni hisobga olish.

Ta’lim mazmunini tanlashga ilgari qanday yondashilgan, qanday nazariyalar bor?
Ma’lumot mazmunini tanlashga oid nazariyalarning ayrimlari uzoq o’tmishga borib taqalsa, ayrimlari XX asrda paydo bo’lgan.
Moddiy ta’lim nazariyasi X1X asrning keyingi choragida kirib keldi. (1879 y, F.Doerfeld. «Didaktik meterializm» kitobi). Moddiy ta’lim nazariyasi asoschilari maktabning vazifasi bolalarga imkoniyati yetguncha ko’proq bilim o’rgatishdan iborat deb hisoblardilar.
Formal ta’lim tushunchasi 1791 yili (E.Shmidtning «Empirik psixologiya» kitobida) ishlatilgan.
Formal ta’lim nazariyasi tarafdorlari maktabning vazifasini bolalar taraqqiyotida ko’rishadi. Ular maktabning ishi bilim berish emas, aksincha, bolalarda turli qobiliyatlarni rivojlantirishdan iborat, deb bilishadi. Bilimlarni esa har kim o’zi istagancha, o’z qobiliyatiga yarasha o’rganadi.
Moddiy ta’lim va formal ta’lim nazariyalari g’oyalarini T-chizma asosida solishtirib, tahlil eting:



Moddiy ta’lim nazariyasi

Formal ta’lim nazariyasi

Ijobiy tomonlari

Salbiy tomolari

Ijobiy tomonlari

Salbiy tomonlari

]




13.chizma

4 guruhga bo’linib «Ta’lim mazmuni», «O’quv reja», «O’quv dastur», «Darslik» mavzularida klaster tuzing. (Usul qoidalari oldingi mavzularda berilgan)


(Har bir guruh nomidan bittadan talaba Klasterni taqdim etib, izohlab bersin.)

Kompetent yondashuv o’quvchidan alohida-alohida bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog’liqlikda o’z navbatida o’qitish metodlarini tanlash tizimi ham o’zgarishga uchraydi. O’qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo’llash o’z navbatida ta’lim jarayonida qo’yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi.


Kompetent yondashuv umumiyo’rta ta’limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogic voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko’rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) – «Bilim – Ko’nikma – Malaka»ni oltita birlik (sikstet) – «Bilim –Ko’nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi.

Umumiy o’rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, kasbiy ta’limdan farqli ravishda «umumta’limiy kompetensiya» tushunchasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta’lim maktabi o’quvchisi hali ma’lum bir kompetensiyani o’zida to’liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir. Umumta’limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni amalga oshirish zarur bo’lgan real voqelikning aniq belgilangan ob’yektlariga munosabatini taqozo etuvchi o’quvchining semantik (ma’no-mazmun) yo’nalganligi, bilim, ko’nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida aks etuvchi ta’limiy tayyorgarlikka qo’yiladigan talabdir. O’quvchi uchun kompetensiya – bu uning kelajak obrazi, o’zlashtirish uchun aniq mo’ljal (orientir). Biroq maktab ta’limi davrida o’quvchida «yuksak» kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur kompetensiyalarni umumta’limiy nuqtai nazardan o’zlashtiradi.

Download 215.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling