5-Mavzu: Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari Mavzu rejasi


Jamoaning o’ziga xos xususiyatlari


Download 48.13 Kb.
bet13/18
Sana05.05.2023
Hajmi48.13 Kb.
#1431487
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
5-Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari

Jamoaning o’ziga xos xususiyatlari




























Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi




Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi




Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi




Saylangan umumiy rahbariy organga egalik

Jamoani tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari.
2. O’quvchilar jamoasining rivojlanish darajasi va bosqichlari.

  • Bir so’z bilan aytganda, jamoa bolalarning bir guruhi emas, balki maxsus tashkil etilgan munosabatlar tizimidir.

  • Jamoa o’z-o’zini boshqarish va tartibga solish organlariga ega bo’lib, ular barcha bolalarning va jamiyatning manfaatlarini ifodalovchi vakillardoir. Jamoa maktab o’quvchilarini umumiy maqsad, umumiy mehnat bilan hamda mehnatni umumiy tarzda tashkil etish bilan birlashtiradi.

Pedagog bolalar hayotini tashkil etishning shunday shaklini topish kerakki, uning yordamida barcha bolalar alohida olingan har bir shaxsga bir vaqtning o’zida va bir xilda kuchli tarbiyaviy tahsir ko’rsata oladigan bo’lsin. Tashkil etilgan va muayyan anhanalarga ega bo’lgan jamoa pedagogning tashkil etilgan jamoa fikri yordamida barcha bolalarga va alohida olingan har bir bolaga tahsir o’tkazishga imkon beribgina qolmasdan, shu bilan birga, tarbiyachi yo’q bo’lgan vaqtda ham katta o’quvchilarning kichik o’quvchilarni to’g’ri tarbiyalashiga imkon beradi. Bolalar jamoasi metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilsa, katta tarbiyaviy kuch bo’lib qoladi.
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo’ysinadigan uzoq muddatli, murakkab jarayondir. Jamoaning vujudga kelishi uchun to’rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichida dastlab pedagog butun bir guruhga talab qo’yadi, so’ngra jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolariga talab qo’yadi, butun jamoa alohida shaxsdan muayyan tarzda faoliyat olib borishni talab qiladi va nihoyat, shaxs o’z-o’ziga talab qo’yadi. Ushbu jarayonni sxema tarzida quyidagicha bayon etish mumkin.


Download 48.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling