5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja


O‘quvchilar jamoasini tarkib toptirish va shakllantirish yo‘llari


Download 153.76 Kb.
bet16/18
Sana03.12.2023
Hajmi153.76 Kb.
#1801715
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
5-Мавзу TARBIYA JARAYONINING SHAKLLARI VA METODLARI (6)

O‘quvchilar jamoasini tarkib toptirish va shakllantirish yo‘llari. Maktab o‘quvchilar jamoasini mustahkamlashda maqsadli rejaning roli juda muhimdir. Agar jamoasi oldida jamoa a’zolarini qiziqtiradigan yorqin, aniq maqsad bo‘lmasa, bu jamoani tuzish va rivojlantirish mumkin emas.
Hali jamoa mustahkam tarkib topmagan joylarda maktabning asosiy vazifasi jamoani tarkib toptirish, sinf faollari tuzilishi, ular bilan to‘g‘ri, o‘ylab ish olib borishdan iboratdir.
Maktablarning tarbiyaviy ish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jamoa oldiga maqsadli rejalar qo‘yishning ikki asosiy usuli mavjud:
a) o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga maqsadli rejalar qo‘yadi, bu rejalarga o‘quvchilarni qiziqtiradi, ularni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatadi;
b) o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan biror ishni reja sifatida taklif qiladilar, o‘qituvchi esa o‘quvchilar tashabbusini quvvatlaydi, uni amalga oshirish yo‘llarini o‘rgatadi va yordam beradi.
Maqsadli rejalar qo‘yishning birinchi usuli o‘quvchilar jamoasini tarkib toptirishning dastlabki bosqichida qo‘llaniladi. Ikkinchi usuli esa uning ancha yuqori bosqichida, o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan talab sinf faollari, jamoa quvvatlaydigan davrida qo‘llaniladi. Jamoaning an’analar yaratish va ularni aniqlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilar jamoasini hech bir narsa an’analar mustahkamlagani kabi mustahkamlay olmaydi. An’analarni tarkib toptirish, ularni saqlash tarbiya ishining nihoyatda muhim vazifasidir. “An’analari bo‘lmagan maktab, yaxshi maktab bo‘lishi mumkin emas”. (A.S.Makarenko.T.P.A.)
An’analar ikki guruxga bo‘linadi:
1.Kundalik turmush an’analari.
2.Bayram an’analari
O‘quvchilar jamoasini taraqqiy ettirish.
Jamoa va shaxs hamisha o‘sib boradi. Jamoani taraqqiy ettirish asosida pedagog tomonidan o‘quvchilar oldiga qo‘yilgan talablarning murakkablashib borishi, bu talablar xarakterining o‘zgarib borishi o‘quvchilarning bir- birlariga qo‘yadigan talablari bilan ularning o‘zlariga qo‘yadigan talablari orasidagi nisbatning o‘zgarib borishi yotadi. Bu taraqqiyot bosqichi bir necha bosqichdan iboratdir:

Download 153.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling