5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja
Download 153.76 Kb.
|
5-Мавзу TARBIYA JARAYONINING SHAKLLARI VA METODLARI (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv mehnati
Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda
mehnat va mehnat faoliyatiga ongli munosabatni, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon Mehnat tarbiyasining maqsadi shaxsda mehnat va mehnat faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirishdan iborat. Mehnat inson hayotining asosi, umr mazmuni, hayotiy ehtiyoj, shuningdek, shaxsda ma’naviy-axloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishning kafolati sanaladi. Mehnat qilayotgan kishi o‘zi bajarayotgan ishning natijalarini ko‘rsa, his qilsa, o‘sha natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Halol mehnat – kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi: Mehnat tarbiyasi mazmunida uning samaradorligini ta’minlovchi quyidagi omillar aks etadi: ta’lim muassaasasi imkoniyatlari; ta’lim muassasasining moddiy ta’minoti; o‘quvchi kadrlarning salohiyati; ishlab chiqarish sharoitlari; ta’lim muassasasining an’analari. Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini tashkil etishda mehnatning quyidagi turlaridan foydalaniladi: O‘quv mehnati – o‘quvchilarning ilmiy bilimlar, o‘quv fanlari asoslarini o‘zlashtirish orqali ularni amaliyotga tatbiq etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy faoliyati. Ijtimoiy-foydali mehnat – o‘ quvchilar guruhi (jamoasi) tomonidan tashkil etilib, ijtimoiy ahamiyat kasb etgani holda bevosita shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda muayyan ijtimoiy ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan mehnat faoliyati turi. U “o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish, ularni turli ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish, jamoa ishtirokidagi tadbirlarda erkin, ixtiyoriy ishtirok etishlariga erishish” maqsadida uyushtiriladi. O‘quvchilar o‘rtasida mehnat tarbiyasini tashkil etishda ijtimoiy-foydali mehnatning quyidagi shakllaridan samarali foydalanish mumkin: o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, sinf xonasi yoki oshxonada navbatchilikni tashkil qilish, hasharlar, mehnat bayrami, ko‘kalamzorlashtirish, maktab binosini ta’mirlash, shuningdek, fermer hamda jamoa xo‘jaliklarida etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olishda ko‘maklashish. O‘quvchilar oilada, ta’lim muassasasida hamda shuningdek, omma uchun xizmat ko‘rsatiladigan muassasalarda o‘z ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, zimmadagi vazifalarni ado etish maqsadida muayyan mehnat faoliyatini tashkil etadi. Mehnatning bu turi o‘z-o‘ziga xizmat deb yuritiladi. O‘z-o‘ziga xizmatning eng oddiy ko‘rinishlari umumiy ovqatlanish muassasalarida xodimlar xizmatidan foydalanmaslik, oilada yotoqxonani tartibga keltirish, kiyim-kechaklarini ozoda, o‘quv qurollarini esa tartibli saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish yo‘lida muayyan harakatlarni bajarish va hokazo kabilar sanaladi. O‘quvchilarni mehnatga layoqatli va mehnatsevar qilib tarbiyalashda ularni mehnatda mashq qildirishga jalb etish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini yo‘lga qo‘yishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish, ularda muayyan kasb yoki hunar borasidagi bilim, ko‘nikma hamda malakalar bilan qurollantirish bo‘lib, shaxs kamolotini ta’minlashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. O‘quvchilar tomonidan kasb yoki hunar yo‘nalishining to‘g‘ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega. Kasb yoki hunar yo‘nalishlaridan birini tanlashda o‘quvchining xohishi, qiziqish va ehtiyojini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. SHu bilan birga tajribali o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, ota-onalar tomonidan berilgan maslahatlar ham o‘quvchilar tomonidan kasbiy faoliyat yo‘nalishining to‘g‘ri tanlanishini ta’minlaydi. Ayni vaqtda Respublikada “Tashxis markazlari” faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda o‘quvchilarning xarakteri, muayyan kasb yoki hunar asosini egallashga bo‘lgan qobiliyatga egaliklari, qiziqish va ehtiyojlari har tomonlama o‘rganilib, ularga mutaxassislar tomonidan kasbiy konsultatsiya (maslahat)lar berib boriladi. Ayni o‘rinda shuni ham ko‘rsatib o‘tish lozim, bugungi kunda ta’lim muassasalarida kasbiy konsultatsiya (maslahat)ning quyidagi turlaridan samarali foydalanib kelinmoqda: individual-tashxisli, ma’lumot axborotli, tibbiy. Download 153.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling