5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja


Download 153.76 Kb.
bet5/18
Sana03.12.2023
Hajmi153.76 Kb.
#1801715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5-Мавзу TARBIYA JARAYONINING SHAKLLARI VA METODLARI (6)

Axloqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.

Axloqiy tarbiya o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga muayyan jamiyat
tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro
munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarni singdirish jarayoni



Ushbu tarbiya asosini ijtimoiy axloqiy me’yorlar hamda shaxsni ulardan xabardor etish tashkil qiladi.



Axloqiy me’yor jamiyat tomonidan tan olingan bo’lib, unda yashovchi kishilar tomonidan bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo’lgan qoida hisoblanadi

Axloq axloqiy tarbiyaning asosiy kategoriyasi sanaladi.



Axloq (lot. “moralis” – xulq-atvor) ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi

Qur’oni Karim va Hadisi SHariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlar mazmunida o‘z ifodasiga ega bo‘lgan. SHarq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad YAssaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Sa’diy SHeroziy Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o‘z ifodasini topgan.


O‘zRning Prezidenti I.A.Karimov aytganiidek: “Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillik, millatidan qat’iy nazar odamlarga xayrihohlik bilan munosabatda bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi – kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O‘zbeklar diyoriga, o‘z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom O‘zbekiston aholisiga xos fazilatlardir”.
Amir Temur “axloqi xusniya” – yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida kishilarni turli lavozimlarga tayinlash va vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki etti o‘lchab, bir kesgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy “Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik – mana shu to‘rt xislatni Olloh Taolo senga bergan bo‘lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham, zarari yo‘qdir”, degan edi.
Demak, axloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida etakchi bo‘g‘in, insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi, mukammalikka erishtiruvchi vosita hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, axloqiy tarbiya insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omildir. YAxshi xulqlarning yaxshiligi, yomon xulqlarning yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladurg‘on kitobdir.
Axloh kishining xulq-atvori, e’tiqod-iymoni, yurish-turishi, fikr-mulohazalari, mushohada va muloqotida namoyon bo‘ladi. Axloqli inson o‘zini qattiq hurmat qiladi, intizomli bo‘ladi. Suhbatdoshning ko‘ngliga qarab gapiradi, kishi dilini og‘ritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi.

Download 153.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling