5-mavzu: Tarix va ijtimoiy fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari. Dars, uning turlari va tuzilishi. Tayanch iboralar
Download 16.27 Kb.
|
1 2
Bog'liq5 ma\'ruza matni
5-mavzu: Tarix va ijtimoiy fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari. Dars, uning turlari va tuzilishi. Tayanch iboralar: Dars, o‘quv va tarbiyaviy ishlarning asosiy tashkiliy shakli. Zamonaviy tarix darsi, unga qo‘yiladigan talablar. Tarix darslari mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishi. Ta’lim va tarbiya jarayonining maxsus shakllari dars samaradorligini oshirishning muhim omili. Dars turlari, an’anaviy va noan’anaviy tarix darslarini tashkil etish va o‘tkazish. Dars, an’anaviy dars, noan’anaviy dars, dars strukturasi, kombinatsion (aralash) dars, umumlashtiruvchi takrorlash darsi, tarix fanining ta’lim-tarbiya vazifalari, ilmiylik, tarixiylik, metodologik, ko‘rsatmalilik. Tarix kursi oldiga qo‘yilgan ta’lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir sinfda o‘qitiladigan tarix kursining tutgan o‘rni, uning ta’lim-tarbiyaviy vazifalari, har bir bob va ulardagi mavzular, hatto har bir darsda o‘tiladigan mavzuning ham ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari oldindan aniq belgilab olingandan keyin tarixni o‘qitishga kirishish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tarix ta’limida o‘qitishning maqsad va vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish birinchi navbatda o‘qituvchining har bir darsning ta’lim-tarbiya vazifalarini oldindan aniq va to‘g‘ri belgilab ola bilishiga bog‘liq.Bu ham o‘z navbatida, o‘qituvchining darsning ta’lim-tarbiya vazifalarini to‘g‘ri belgilash metodi va usullari haqidagi puxta nazariy bilim va malakalarining darajasiga bog‘liqdir. Dars – o‘quv ishining asosiy tashkiliy shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi aniq belgilangan dars doirasida o‘quvchilarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval bo‘yicha shug‘ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o‘quv dasturiga o‘zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi. Dars o‘quv ishini tashkil qilishning asosiy shakli, ammo u ta’limning boshqa shakllari: ma’ruza, amaliyot, laboratoriya mashg‘ulotlari, konsultatsiyalar, uy vazifalari, qo‘shimcha mashg‘ulotlarni rivojlantirishni istisno etmaydi. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari fakultativ mashg‘ulotlar sanaladi .Ular o‘quvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: to‘garaklar, klublar, olimpiadalar, viktorinalar,ko‘rgazmalar,ekspeditsiyalar va hakozolar. Dars o‘quvchilarning doimiy tarkibi, mashg‘ulotlarning aniq belgilangan oldindan tuziladigan jadval va o‘quv ishlari biror aniq mavzuda tashkil etilishi kabi o‘ziga xosliklarga ega bo‘lgan ta’limning jamoa shakli hisoblanadi. O‘qituvchining darsdagi ishi barcha o‘quchilarning darsning o‘zidayoq o‘rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi. Bilim – atrof-muhit qonuniyatlari, qonunlari, hodisalari, dalillari shuningdek, faoliyat usullari haqidagi tushuncha va tasavvurlarning o‘zlashtirilishi, tizimga solinishi hamda xotirada mustahkamlanishi. Ko‘nikma – ta’lim oluvchilarning mehnat jarayonidagi harakatini muayyan sharoitda maqsadga muvofiq bo‘lgan harakat usullaridan foydalanib, muvaffaqiyatli bajarish qobiliyati. Download 16.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling