5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. Reja
Download 128.78 Kb.
|
5 Mavzu Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari
Mafkura. Ong doim hayotning mazmuni muammolarini u yoki bu tarzda hal qiladi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari va istiqbollari bilan bog’liq bo’lgan hayotiy muhim savollarga javob beradi. Mazkur savollar mafkura doirasida qo’yiladi va hal qilinadi.
Mafkura ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo’lib, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlarining tizimga solingan, nazariy ko’rinishda aks ettradigan va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash yoki o’zgartirishga xizmat qiladigan g’oyalar, qarashlar majmuidan iborat. Mafkura mazmunini ijtimoiy rivojlanishning etilgan, muhim, dolzarb va echishni talab qiladigan ziddiyatlari tashkil etadi. SHunga muvofiq yuz berayotgan jarayonlar mazmuniga va ijtimoiy muammolarni echish yo’llariga nisbatan alohida yondashuvni aks ettiruvchi ayrim nazariy mulohazalar yuzaga keladi. Bu mafkuraning shakli hisoblanadi. Uning mazmuni esa muayyan ijtimoiy guruh – sinf, etnik guruh, hukmron elita yoki uning muxolifati va hokazolarning manfaatlarini ifoda etishdan iborat. Mafkura shaklan ob’ektiv, lekin mazmun jihatidan sub’ektivdir. U nazariy jihatdan tizimga solingan ko’rinishda ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlariga bo’lgan munosabatini aks ettiradi va ularning ijtimoiy-siyosiy natijalarini nazariy jihatdan asoslash va oqlashga harakat qiladi. A.Ochildiev istibdod mafkurasi, istiqlol mafkurasi, va jamiyat mafkurasi kabilarni farqlaydi. Istibdod mafkurasidan farqli o’laroq “istiqlol mafkurasi millat, jamiyat, davlatni mustaqil taraqqiyot yo’liga boshlaydigan, uni belgilab beradigan, erkin va ozod rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan g’oyalar, qarashlar tizimidir”1. Uning fikricha, har qanday davlat o’z faoliyatida yagona etnosotsial birlik sifatida chiqadigan millat manfaatini himoya qilishga qaratilishi, uning jipsligi, tiraqqiyotini ta’minlaydigan milliy mafkuraga tayanmog’i lozim. Zero milliy mafkura davlat organlari, ijtimoiy institutlar faoliyatini tashkil qiluvchi, yo’naltiruvchi qurol vazifasini o’taydi. Ijtimoiy ong shakl va mazmun jihatidan rang-barangdir. Ijtimoiy ongning ilmiy, diniy, axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, falsafiy turlari farqlanadi. Ular o’zi aks ettiruvchi hodisalar mazmuni, moddiylashuv shakli va ijtimoiy funksiyalariga ko’ra farq qiladi. Ijtimoiy ong turlari yoki shakllari ko’p darajali tuzilmalar bo’lib, o’ziga xos ko’rinishga ega bo’lgan oddiy va nazariy darajalarni, ijtimoiy psixologiya va mafkurani o’z ichiga oladi. Download 128.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling