5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. Reja


Jamiyatning kelib chiqishini ilmiy tavsiflash borasidagi qarashlar


Download 128.78 Kb.
bet3/23
Sana27.01.2023
Hajmi128.78 Kb.
#1130932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
5 Mavzu Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari

Jamiyatning kelib chiqishini ilmiy tavsiflash borasidagi qarashlar. Bunday qarashlar mehnat va mehnat qurollari markscha nazariyasi doirasida amalga oshirilgan. Bu nazariyaga ko’ra mehnat, so’ngra burro nutq inson jamiyatini yaratgan. Inson hayotida mehnat qurollarining ahamiyatini rad etmagan holda, bu farazni tasdiqlovchi aniq ilmiy dalillarga duch kelmadik. Z.Freyd inson vijdonini uning kelib chiqish manbai deb hisoblagan. Etnografik tadqiqotlar bu farazni umuman tasdiqlamaydi. Y.Xeyzinga o’yin va o’yin faoliyatiga madaniyatning insonni shakllantiruvchi asosiy tamoyil sifatida qaraydi. Ernst Kassirer (1875-1945) ilgari surgan farazga ko’ra, simvolik shakllar, ya’ni inson va uning ongi paydo bo’lishini belgilagan ramzlar va belgilar madaniyatning turli shakllarini birlashtiruvchi oliy va universal tamoyil hisoblanadi. Kassirer fikriga ko’ra, qadimgi ajdodlarimiz ularning yashab qolishini ta’minlovchi etarli tabiiy kuchga ega bo’lmagan. Inson o’zining hayvonlar xulq-atvorini kuzatish va ularga taqlid qilish qobiliyati bilan yashab qolish imkoniyatini qo’lga kiritgan. O’z navbatida taqlidga asoslangan xulq-atvor ramziy belgilar, keyinchalik esa nutq vujudga kelishiga asos bo’lgan.
To’plangan tajribani belgilar tizimida qayd etish va avloddan-avlodga o’tkazish qobiliyatining shakllanishi hayvonlar to’dasi kishilik hamjamiyatiga aylanishining muhim omili bo’lgan deb taxmin qilish mumkin. Bunday qobiliyatga hayvonlarning biron-bir turi ega emas. Namoyish etish, o’rnak ko’rsatish, taqiqlar va cheklashlar tizimi muloqotning nafaqat noverbal, balki asta-sekin shakllangan verbal vositalarida ham o’z ifodasini topgan. Muloqot mehnat ko’nikmalarini mustahkamlash, ovqat topish va unga ishlov berishni tartibga keltirish, o’z jamoa harakatlarini muvofiqlashtirish imkonini bergan. Etnografik ma’lumotlar tajribani avloddan-avlodga o’tkazish va jamoa faoliyati ko’nikmalarini shakllantirish shakli sifatida o’yin ulkan ahamiyat kasb etganidan dalolat beradi.
Iqtisodiy kichik tizim. Ijtimoiy ishlab chiqarish tushunchasi. Hozirgi ko’rinishda jamiyat takror ishlab chiqarish, o’zini o’zi boshqarish va o’zini o’zi tashkil etish ichki mexanizmlariga ega bo’lgan tarixan muayyan, yaxlit va barqaror tizim sifatida namoyon bo’ladi. Jamiyat – bu odamlarning shunday bir birlashmasiki, uning yaxlitligi ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni odamlarning umuman ishlab chiqarish, o’z hayotini quvvatlash va takror ishlab chiqarishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati bilan ta’minlanadi.

Download 128.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling