Muloqotning noverbal vositalari


Download 442.38 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi442.38 Kb.
#1258609
Bog'liq
Презентация Microsoft Office PowerPoint

Muloqotning noverbal vositalari

Nodirov O’ktam

Sotiboldiyev Og’abek

Noverbal aloqa

Ekspertlarning xulosalariga ko’ra, muloqotning juda katta qismini noverbal aloqa tashkil etadi. Biz har kuni minglab noverbal belgi va harakatlarga, shu jumladan, gavda holati, yuz (mimika) ifodalari, ko’z ifodasi, imo-ishoralar hamda so’zlash ohanggiga o’z munosabatimizni bildiramiz.

Noverbal aloqa

Noverbal muloqot

Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz"dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda

bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari,

mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa,

undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi

muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq

bilib olishlariga yordam beradi

Noverbal vositalarning turlari

Noverbal muloqot

  • Vizual vositalarga:
  • 1. Intim hudud (15 dan 46 sm. gacha) Barcha hududlar ichida bu asosiysidir, chunki aynan shu hududni inson xuddi o‘z shaxsiy mulkiday qo‘riqlaydi. Bular bolalari, ota-onalari, turmush o‘rtoq, yaqin qarindosh-urug‘lari va do‘stlaridir.
  • 2. Shaxsiy hudud (46 sm. dan 1,2 metrgacha). Bu bizni turli koʻchalarda, rasmiy qabullarda va do‘stona kechalarda boshqalardan ajratib turadigan masofa.

Noverbal muloqot

  • 3. Ijtimoiy hudud (1,2 dan 3.6 metrgacha) biz begona odamlardan, masalan, uyimizga ta’mirlash uchun kelgan ustadan, murojaatchidan, ishda yangi kelgan xodimdan va biz yaxshi bilmaydigan odamlardan shu masofada o‘zimizni yiroq tutamiz.
  • 4. Jamoatga oid hudud (3,6 m dan ortigʻi). Odamlarning katta guruhiga murojaat qilganimizda, muayyan auditoriyada mana shu masofada turishimiz maqbuldir. Qo‘shimcha muloqot vositalari – qaddi-qomat xususiyatlarini bo‘rttirish yoki yashirish (jinsni, yoshni, irqni); tananing tabiiy tuzilishini o‘zgartirish (kiyim, soch turmagi, kosmetika vositalari, ko‘zoynak, taqinchoqlar, tatuirovkalar, mo‘ylov va soqol, qo‘ldagi kichik ashyolar).

Noverbal muloqot

  • III. Taktil vositalar: takesika – teginish, qo‘l siqish.
  • IV.Olfaktor vositalar: yoqimli, yoqimsiz hidlar insondan taraladigan tabiiy va sun’iy hidlar.

Noverbal muloqot

Amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta ’sir qilarkan.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 442.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling