1-mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» kursiga kirish. Reja


Download 34.04 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi34.04 Kb.
#226453
  1   2   3
Bog'liq
1-маъруза


1-MAVZU. «ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI» KURSIGA

KIRISH.
Reja:

1. Hozirgi zamonda fanning roli.

2. Fan ijtimoiy ongning alohida shakli va ijtimoiy amaliyotning alohida sohasi sifatida.

3. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» kursining predmeti va vazifalari.


1. Hozirgi zamonda fanning roli.

Hozirgi zamonda inson fan olamida yashab, uni bilimning moddiylashgan kuchini o’zida namoyon etuvchi ilmiy-texnikaviy yutuqlar natijalari qamrab olgan. Agar zamonamiz kishisi shunchaki passiv holda hayot kechirmay, balki ongli va faol tarzda harakat qilsa, u ilm-fan hamda uning amalga oshishi to’ g’risida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishi lozim. Bu nafaqat olim yoki olimlikka da’vogar uchun, ilm sohasi mutaxassisi uchun, o’zining turli narsalarga qiziquvchanligini qondirishga harakat qiluvchi shaxs uchun, balki jamiyatning barcha a’zolari uchun zarur. Chunki, barchamiz o’z faoliyatimizni u yoki bu holda ilm-fan olamiga yo’naltirilishimiz hamda bu olam ichida amal qilishimizga to’g’ri keladi. Atrofimizdagi borliqni tushunishda ilmiy yondashuvga ega bo’lish muvaffaqiyatning garovi hisoblanadi.

Biroq, biz fan olamiga butkul tayanishimizga qaramay, ijtimoiy ongda unga nisbatan insonning aql-idrokidan yuqori turuvchi qandaydir kuch sifatida qarash mavjud. Olimlarni esa favqulodda sifat egalari, qandaydir odamlardan ajrab qolgan, o’z bilim muhitida bizning tushunchamizdan yiroq bo’lgan moddiyat to’g’risida fikr yurituvchi kishilar deb hisoblanadi. Fanni bunday g’ayri-tabiiy narsaga ayniylashtirish badiiy adabiyotlarda ham, ilmiy-ommabop nashrlarda ham uchraydi. Shunga qaramay, ilmiy ijodiyotda g’ayri tabiiy, mutlaq narsaning o’zi mavjud emas. Olimlar foydalanuvchi metodologiya, o’z mohiyatiga ko’ra, kundalik hayotda qo’llaniluvchi taomillardan iborat bo’lib, ular fanda nisbatan tashkillashgan va tizimga solingan tartibda amalga oshiriladi, bundan tashqari maxsus mushohada va tanqidiy tahlilga tayanadi. Fanni o’rganishning o’ziga xos sohasi sifatidagi

metodologiya aynan shu bilan shug’ullanadi. Chunki, hayotiy muammolarni hal etishda ham muntazam ravishda ilmiy yondashuv qo’llaniladi. Ilmiy yondashuv – bu qat’iy, izchil va nazorat qilinuvchi taomillarning aniq majmui bo’lib, ular pirovardida ilmiy mummoga aylanadi, bu jarayonda olingan bilimlar esa puxta konstepstiya, nazariya, qonun shaklini oladi. Biroq ularga ega bo’lish uchun yaxshini yomondan ajratish chog’ida talab etiluvchi katta mehnat talab etiladi. Shu nuqtai nazardan ilmiy ijod shoirona ijodga o’xshab ketadi. Chunki eng mukammal she’riy asarlar ham aksariyat xolda dastlab ancha bo’sh satrlardan iborat bo’ladi.

Faoliyat sifatidagi fan eng keng holatda uchta xossa bilan tavsiflanadi:

1. U anglashga intilish, ya’ni voqelikning qandaydir jihatini qoniqarli darajada izohlash hissiga erishishni namoyon etadi.

2. Tushunish imkon qadar ko’proq hodisa va jarayonlarning mohiyatiga muvofiq tushuvchi umumiy qonunlar yoki tamoyillarni maxsus shaklga solish orqali amalga oshiriladi.

3. Qonunlar yoki tamoyillar tajriba orqali sinalgan bo’ladi.

Fanni bunday tushunishda nazariya ham, usul ham, metodologiya ham mavjud bo’ladi. Mazkur tushunchalar o’rtasidagi nisbatni mazkur mavzuning dastlabki savolida aniqlab olishimiz lozim bo’ladi.

Hozirgi zamonda jamiyatda fan juda muhim rol o’ynaydi. U nafaqat ishlab chiqaruvchi kuchlarni, balki boshqa ijtimoiy munosabatlarni ham o’zgartiradi. Jamiyatning ma’naviy hayotiga ham faol ta’sir ko’rsatib boradi.



Download 34.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling