5-Mavzu: Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning maqsadi va dastur tamoyillari Mavzu rejasi


Download 22.75 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2023
Hajmi22.75 Kb.
#1210822
  1   2   3
Bog'liq
5-ma\'ruza


5-Mavzu: Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning maqsadi va dastur tamoyillari..
Mavzu rejasi:
1.Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning maqsadi.
2.Dastur tamoyillari.
3.Tevarak atrofni tasvirlash asosida bolalarning tasviriy faoliyati.


Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning maqsadi
Har bir bolani hayotda davlatimizning moddiy va manaviy rivojlanishida faol ishtirok etadigan qilib tayyorlash uchun ,unga faqat bilim berish ,tarbiyalash kamlik qiladi,uning shaxsiy qobiliyatlarini shakllantirish,yangilik yaratishni o’rgatish ,gozallik qonuni bo’yicha yashash va ijod qilishni shakllantirish lozim.Hayot go’zalligini ko’rishga intilish insonni oliyjanob qilib tarbiyalaydi, uning kundalik ishini estetik rohat–farog’at manbaiga aylantiradi.Bolalar ko’nglida go’zallik va yuksak g’oyalar hissini uyg’otishga davat etishda tasviriy faoliyatning o’rni g’oyat kattadir. ”Ilk qadam” davlat dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillilik mehnati natijasida qoniqish sifatlarini shakllantirish, hunarmandchilikka qiziqtirish ,xalq amaliy san`ati turlari bilan tanishtirish takidlab o’tilgan.Tasviriy faoliyat boyicha ishni ma`lum bir vaqtda rejalashtirishda,shu davrda faoliyatning boshqa turlari bo’yicha ham amalga oshiriladigan ta`limiy-tarbiyaviy ishlarni ham nazarda tutmoq lozim.
Tasviriy faoliyat bo’yicha mashg’ulotlarni rejalashtirishda,albatta tasviriy faoliyat mashg’ulotlari o’rtasida o’zaro bog’liqlikni ham hisobga olmoq zarurdir.
Tasviriy faoliyatning har bir turi o’ziga xos vazifalarni hal etadi, ammo qanday bo’lsada ularni bir yo’nalish,maqsad bo’yicha (tevarak-atrof hayotini xilma –xil o’ziga xos holatda tarbiyalash) birlashadilar. MTTlarda tasviriy faoliyat bilan tanishtirish orqali bolalarda mehnatsevarlik ko’nikmalarini shakllantirishda turli shakl,usul va vositalar yordamidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, ko’rgazmali metod orqali kasblar bilan tanishtiriladi .O’gzaki metodlarga tarbiyachining bolalar bilan va bolalarning o’zaro suhbati o`tkaziladi.Amaliy metodda bolalar o’zlashtirilgan bilimlarni turli o’yinlar orqali mustahkamlaydilar.Bu usullar orqali mashg’ulotlarni rangba-rang hamda qiziqarli tashkil etiladi. Shuningdek,mehnat bilan tanishtirish orqali bolalarda mehnatsevarlik ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatning uzluksiz, Izchil, maqsadga muvofiq tashkil etilishi ham tarbiyalanuvchilarga mashg’ulotlar davomida faol ishtirok etishlarini taminlaydi.
MTTlarda tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida bolalar bilim va ko’nikmalarini shakllantirish quyidagi shartlarga ko’ra amalga oshiriladi:
- mashg’ulotlarni tashkil etishda maqsadni aniq belgilash(aniq maqsad asosida mashg’ulotlarninh tashkil etilishi o’z navbatida vazifalarning to’g’ri belgilanishi, mashg’ulot jarayonining umumiy holatini oldindan bashorat qilish natijalarning taxminiy bo’lsada belgilab olinishi uchun sharoit yaratadi);
- mashg’ulotlarni puxta reja yoki loyiha asosida tashkil etish (ushbu holat aniq maqsad negizida xususiy maqsadlarni aniqlash ,mashg’ulot jarayonining umumiy davri hamda bosqivhlarda amalga oshirilishini talab etuvchi vazifalarning mavjud vaziyatga muvofiqligini nazorat qilib borish ,mashg’ulot jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartarf etish chora tadbirlarini ko’rish har bir bosqichning yagona tizim mazmuniga muvofiq kelishiga erishish borasida imkoniyat yaratadi);
- mashg’ulot rejasini ishlab chiqishda tarbiyalanuvchilarning xohish istaklari , qiziqishlari va ehtiyojalrini inobatga olish (nazarda titilayotgan holat MTT tarbiyalanuvchilarini mashg’ulotga jalb etish ,ularning mashgulotlar jarayonida faollik ko’rsatishga erishishni taminlaydi);
- mashg’ulotlar jarayonida har bir tarbiyalanuvchiga nisbatan ularning psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini etiborga olish asosida individual yondashish (qayd etilgan holatda tarbiyalanuvchilarning mashg’ulotlar jarayonida ruhan va jismonan toliqibqolishlarini oldini oladi,har bir tarbiyalanuvchiga uning ichki imkoniyatlariga mos keluvchi topshiriqlarni berilishini taminlaydi);
- mashg’ulot jarayonida ushbu jarayonning asosiy subyekti bo’lgan tarbiyalanuvchilar shaxsini hurmat qilinishi ,har qanday ko’rinishdagi faoliklarni rag’bartlantirb borishga erishish (mazkur o’rinda rag’batlantirish usullari sifatida ma’naviy rag’bartlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq).
Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning psixologik xususiyatlariga ko’ra ular o’zlarining eng oddiy hatti-harakatlariga nisbatan ham atrofdagilar etibor berishlarini , qo’llab-quvvatlashlarini istaydilar. Atrofdgilar tomonidan bolalarni juda oddiy darajada bo’lsa-da dinamik xususiyatlarga ega hatti-harakatlarining “Juda soz”, “Barakallo”, “Buni uddaaly olasan deb kutgandim, yanglishmagan ekanman”, “Berilgan topshiriqni sifatli qilib bajarishingga ishonaman”, “Juda sifatli bajarildi” kabi olqishlar yordamida rag’batlantirib borishi ularning mashg’ulotlarga bo’lgan yondashuvini keskin darajada ijobiy ahamiyat kasb etishga olib keladi.Bolada tarbiyachi tomonidan berilayotgan topshiriqni o’z vaqtida,sifatli bajarishga nisbatan masuliyatli yondashuvni qaror toptiradi shunigdek,talab etilayotgan qoidalarga qatiy amal qilish ko’nikmalarini shakllantiradi).Mashg’ulotlar jarayoninig oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borishiga erishish samarali natijalarga erishish imkonini beradi.Tasviriy faoliyat bilan tanishtirish mazmuni bilan bog’liq bo’lgan bilimlar atrof olamda bolalar faoliytini va ularning o’zini tuta bilishini ,intizomini boshqarib turadi va maqsad sari yo’naltiradi.Inson qaysi sohada ishlamasin,u adabiyotchi geograf yoki ximikmi, u nafosat va go’zalliklarni ko’ra oilshi kerak.MTMlarda tasviriy faoliyat bo’yicha ishlarni rejalashtirishda asosiy tamoyil – bu tasviriy faoliyatni talimiy tarbiyaviy ishning eng muhim bo’limlaridan biri sifatida qarash hisoblanadi.

Download 22.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling