3. Ulushli mulkdagi uy-joylarni bo‘lishda mulkdorlar o‘zaro kelisha olmagandagina sud tartibida hal qilish. - 3. Ulushli mulkdagi uy-joylarni bo‘lishda mulkdorlar o‘zaro kelisha olmagandagina sud tartibida hal qilish.
- Ulushli yoki umumiy mulkda bo‘lgan uy-joylarni bo‘lishda sudlar, nizoli uy-joyda mavjud bo‘lgan xonalar va foydalanishda bo‘lgan umumiy maydonni hisobga olib, hissa bo‘yicha teng yoki hissadan uncha ko‘p, uncha kam bo‘lmagan holda bo‘lishni, yoxud ayrim xonalarni qayta qurish hisobidan uy-joyni bo‘lish imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida tegishli ekspertiza xulosalarini inobatga olishlari zarur. Sud bunday mulkdagi uy-joylarni bo‘lishda taraflarga ajratilgan barcha xona hamda qo‘shimcha va yordamchi imoratlarni o‘z qarorida aniq ko‘rsatishi lozim.
- Ulushli mulk sifatida bo‘lgan turar-joylar mulkdorlarga ularning ulushini asl holda ajratib berish o‘rniga boshqa mulkdor tomonidan kompensatsiya to‘lanishiga mulkdorlarning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Mulkdorlarning ulushi shu turar-joyga nisbatan boshqa mulkdorning ulushidan ancha kam bo‘lsa, ulushga teng taqsimlashning imkoni bo‘lmasa, mulkdor nizoli uyda yashamayotgan bo‘lsa, u boshqa uy-joy bilan ta’minlangan bo‘lsa, mulkdan foydalanishda katta manfaatga ega bo‘lmagan hollarda sud ushbu mulkdor rozilik bermagan taqdirda ham ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari zimmasiga mazkur mulkdorga kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklashi mumkin.
- Turar-joyni umumiy egalik ishtirokchilari o‘rtasida ularning hissasi bo‘yicha bo‘lishda alohida yashash xonasidan tashqari yordamchi xonalarni, alohida kirish-chiqish yo‘llari mavjudligini yoki ularni jihozlash yo‘li bilan bo‘lishga imkoniyat bo‘lgan taqdirdagina da’vo qanoatlantirilishi lozim. Bunday imkoniyat bo‘lmagan taqdirda, sud da’vogarning iltimosiga ko‘ra, taraflarga turar-joydan foydalanish tartibini belgilab berishi yoki ushbu turar-joyni taraflar tegishli tartibda almashtirish yoxud ikkinchi tarafga hissasiga teng boshqa turar-joy olib berish huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |