5-Mavzu Uy-joyga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko’rishning prosessual xususiyatlari


Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bog‘liq nizolar


Download 79.37 Kb.
bet6/10
Sana18.02.2023
Hajmi79.37 Kb.
#1212829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-Mavzu Uy-joyga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko’rishning prosessual xususiyatlari Презентация Microsoft PowerPoint

4.Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bog‘liq nizolar

  • 4.Davlat uy-joy fondlaridan foydalanish bilan bog‘liq nizolar
  • 11. Fuqarolarni qonunda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha (Uy-joy kodeksining 71 — 73-moddalari) boshqa uy-joy bergan holda uy-joydan ko‘chirish to‘g‘risida da’vo arizasini qabul qilishda, sudya da’vo arizasida uydan ko‘chirilayotgan fuqarolarga taqdim etilayotgan uy-joyning aniq manzili ko‘rsatilganligini tekshirishi shart. Agar da’vo arizasida manzil ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu holat FPK 195-moddasi birinchi qismining 4-bandiga muvofiq da’vo arizasini qaytarish haqida ajrim chiqarish uchun asos bo‘ladi.
  • (12. Sud, ishni ko‘rishda ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har tomonlama to‘liq va xolisona o‘rganib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining tegishli moddalarida bayon etilgan harakatlarni amalga oshirishi zarur, xususan, taraflar yoki ularning vakillarini suhbatga taklif etishi, ularning mazkur da’voga oid barcha dalil hamda e’tirozlarini va ishni kelishuv bitimi yo‘li bilan hal etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, zarur hollarda, taraflarga ishni sudda ko‘rishga tayyorlash va ish sudda ko‘rilayotgan jarayonda ham kelishuv bitimi yo‘li bilan tugatishni taklif qilishi lozim.

Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar-joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq belgilanadi.

  • Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar-joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq belgilanadi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 42-moddasiga muvofiq uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan bir kishi hisobiga o‘n olti kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravalarda harakatlanayotgan nogironlar uchun esa yigirma uch kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilangan. Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida davlat uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar-joy berilishi mumkin.
  • Qo‘shimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo‘shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki o‘n sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida berilishi lozim.
  • 14. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 43-moddasi talabiga muvofiq korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida bo‘shayotgan turar-joylar, shuningdek, bu idoralarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablag‘lariga qurilgan uylarda bo‘shayotgan turar-joylar birinchi navbatda ushbu korxona, muassasa, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlarga ko‘chib kirish uchun berilishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
  • Ushbu qonun talablariga rioya qilinmagan holda berilgan order hokimiyat, korxona, tashkilot va muassasalarning da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topiladi.

Download 79.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling