Yer uchastkasi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan ijarachi yashayotgan uyi (kvartirasi) buzilishi oqibatida uydan ko‘chirilayotganda, sud, yer uchastkasini davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish haqidagi tegishli hokimlikning qarori mavjudligini tekshirishi lozim. Bunday qarorning mavjud emasligi da’voni rad etish uchun asos bo‘ladi. - Yer uchastkasi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan ijarachi yashayotgan uyi (kvartirasi) buzilishi oqibatida uydan ko‘chirilayotganda, sud, yer uchastkasini davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish haqidagi tegishli hokimlikning qarori mavjudligini tekshirishi lozim. Bunday qarorning mavjud emasligi da’voni rad etish uchun asos bo‘ladi.
- Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, shu uy-joylarda yashovchi fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek, ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning xohishiga binoan va taraflar kelishuviga ko‘ra barcha qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etgan holda shu aholi yashaydigan punktdan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan hamda shu aholi punkti joylashgan hududdan turar-joy berilishi lozimligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga qarashli bo‘lgan turar-joyga xizmat turar-joylari olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar ro‘yxatiga kirmaydigan shaxs berilgan hujjat (order) asosida joylashtirilgan bo‘lsa, mazkur hujjat (order) haqiqiy emas deb topiladi va javobgar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 47-moddasi talabiga muvofiq turar-joydan ko‘chiriladi. - Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga qarashli bo‘lgan turar-joyga xizmat turar-joylari olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar ro‘yxatiga kirmaydigan shaxs berilgan hujjat (order) asosida joylashtirilgan bo‘lsa, mazkur hujjat (order) haqiqiy emas deb topiladi va javobgar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 47-moddasi talabiga muvofiq turar-joydan ko‘chiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasi talabiga muvofiq xizmat turar-joylarida istiqomat qiluvchi ayrim toifadagi fuqarolar boshqa turar-joy ajratilmasdan ko‘chirilishi mumkin bo‘lmaganligidan kelib chiqib, sud, bunday fuqarolar mazkur moddada ko‘zda tutilgan imtiyozlarga ega ekanligini aniqlashi zarur. Bunday imtiyozga ega bo‘lgan fuqarolar xizmat turar-joylaridan faqat boshqa sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shu aholi punkti chegarasi doirasida bo‘lgan turar-joy berilishi bilan ko‘chirilishi mumkin.
- Sud yotoqxonalardan ko‘chirish to‘g‘risidagi nizolarni hal etishda javobgar egallab turgan xona yotoqxona maqomiga ega ekanligini tekshirishi zarur.
- Sud, xizmat lavozimi bilan bog‘liq ravishda berilgan yotoqxonadan chiqarishda da’vogar va javobgar o‘rtasida qanday mehnat shartnomasi tuzilganligi va u qanday asoslarga ko‘ra bekor qilinganligini aniqlashi zarur. Bunda, sudlar, shuni nazarda tutishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 85-moddasiga muvofiq ishni tugatgan mavsumiy-vaqtinchalik ishchilar, muddatli mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchilar, shuningdek, uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z ixtiyori bilan yoki mehnat intizomini buzganligi sababli yoki jinoyat sodir etganligi sababli mehnat shartnomasi bekor bo‘lib ishdan bo‘shaganlar hamda o‘quv yurtida o‘qishni tugatganlar, o‘quv yurti talabasi safidan chiqarilganlar boshqa turar-joy berilmasdan ko‘chirilishi lozim.
Mavzuga oid adabiyotlar: - Mavzuga oid adabiyotlar:
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING2001-yil 14-sentabr,22-sonli UY-JOY NIZOLARI BO‘YICHA SUD AMALIYOTI HAQIDA
QARORI. O’zR FPK 22/01/2018yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |