5-mavzu. Xo‘jalik faoliyatining pul-moliya sohasidagi iqtisodiy xavfsizlik. Reja


Pul muomalasini mustahkamlash va banklar xavfsizligini ta’minlashning ustuvor


Download 37.76 Kb.
bet5/7
Sana28.01.2023
Hajmi37.76 Kb.
#1135005
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-мавзу

5.4. Pul muomalasini mustahkamlash va banklar xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari

O‘zbekistonda valyuta tizimining asosini o‘zbek so‘mi tashkil etadi. U 1994 yil 1 iyuldan yagona qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Milliy valyuta so‘mning barqarorligini ta’minlash va uning qadrini oshirish xalq farovonligini hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga erishish uchun O‘zbekistonda aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan to‘rtta alohida dastur qabul qilinib, amalga oshirilmoqda.


Ushbu dasturlar to‘plami quyidagilardan iborat:

  • So‘mning xarid quvvatini oshirish uchun respublika ichki bozorini mumkin qadar tezroq iste’mol mollari bilan to‘ldirish chora-tadbirlarini ko‘rish.

  • Valyutaning barqaror amal qilishi, uning yetarli valyuta zaxirasini vujudga keltirish.

  • Har bir korxona, har bir kishi ishlab topgan so‘mni qadrlashini, hurmatlashi, faxrlanishi uchun shart-sharoit yaratish. Buning uchun qat’iy moliyaviy-kredit siyosatini izchillik bilan o‘tkazish lozim bo‘ladi.

  • Milliy valyutani mustahkamlash uchun inflyatsiyaga qarshi puxta o‘ylangan siyosat o‘tkazish.

Respublikamizda pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi inflyatsiyani past darajada ushlab turish va so‘mni barqaror ayriboshlash kursini ta’minlashga qaratilgan. Bu vazifalar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog‘langan. Markaziy bank pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalarini ishga solmoqda.
Markaziy bankning tijorat banklarini nazorat qilish bilan bog‘liq faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • bank tizimining xavfsizligi, barqarorligi va samaradorligini ta’minlash;

  • banklar faoliyatini litsenziyalash jarayonida bank sohasiga faqatgina ishonchli banklarning kirib kelishini ta’minlash;

  • tijorat banklarining Markaziy bankka hisobot berish va nazorat jarayonida zarur ma’lumotlarni ochiq taqdim etishini yo‘lga qo‘yish;

  • muammoli banklar faoliyatiga o‘z vaqtida ta’sir o‘tkazish va ularning muammolarini tezlik bilan hal etish;

  • bank tizimida sog‘lom raqobat muhitini yaratish;

  • zarur holatda, bank tizimiga minimal darajada salbiy ta’sir ko‘rsatgan holda alohida banklarni tugatish choralarini ko‘rish.

Respublikamizda bank nazorati uch uslubda - litsenziyalash, masofadan nazorat qilish va joylarga chiqib tekshirish orqali amalga oshiriladi.

Download 37.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling