5-mavzu. Xo‘jalik faoliyatining pul-moliya sohasidagi iqtisodiy xavfsizlik. Reja
Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash dastaklari
Download 37.76 Kb.
|
5-мавзу
5.3. Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash dastaklari
O‗zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi inflatsiyani past darajada ushlab turish va so‗mni barqaror ayriboshlash kursini ta‘minlashga qaratilgan. Bu vazifalar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirishga yo‗naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog‗langan. Markaziy bank pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli qog‗ozlar operatsiyasi, ichki valuta bozoridagi operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalarini ishga solmoqda. Moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash bank xavfsizligini ta‘minlashni talab etadi. Bank xavfsizligiga salbiy ta‘sir etuvchi omillarga ustav kapitalida xorijiy kaital ulushi yuqori bo‗lgan kredit korxonalarni ko‗payishi, induvidal tadbirkorlar va yuridik shaxslarning kreditor qarzdorliklarini ko‗payishi hamda kapital aktivlar rentabelligini pasayishi bo‗lib hisoblanadi. O‗zbekistonda Markaziy bankning tijorat banklarini nazorat qilish bilan bog‗liq faoliyatining quyidagi asosiy yo‗nalishlari qonun bilan mustahkamlandi: • bank tizimining xavfsizligi, barqarorligi va samaradorligini ta‘minlash; • banklar faoliyatini litsenziyalash jarayonida bank sohasiga faqatgina ishonchli banklarning kirib kelishini ta‘minlash; • tijorat banklarining Markaziy bankka hisobot berish va nazorat jarayonida zarur ma‘lumotlarni ochiq taqdim etishini yo‗lga qo‗yish; • muammoli banklar faoliyatiga o‗z vaqtida ta‘sir o‗tkazish va ularning muammolarini tezlik bilan hal etish; • bank tizimida sog‗lom raqobat muhitini yaratish; • zarur holatda, bank tizimiga minimal darajada salbiy ta‘sir ko‗rsatgan holda alohida banklarni tugatish choralarini ko‗rish. Respublikamizda bank nazorati uch uslubda - litsenziyalash, masofadan nazorat qilish va joylarga chiqib tekshirish orqali amalga oshiriladi. O‗zbekistonning valuta siyosati quyidagilarga qaratilgan: • mamlakatning valuta – moliyaviy holatini mustahkamlash, uning to‗lov qobiliyatiga va kreditga layoqatligiga erishish; • inflatsiyani «jilovlash»; • chet el kapitalini jalb etish; • iqtisodiyotning «dollarlashuvi»ga yo‗l qo‗ymaslik; • o‗zbek so‗mining mavqeini mustahkamlash va uning to‗liq konvertatsiyasiga erishish. Bu siyosat valutaviy cheklashlar, valuta kursini tartibga solish, oltin-valuta zaxiralarini oshirish, so‗mning konvertatsiyalanish jarayonlarini boshqarish kabilarda namoyon bo‗ladi. Moliya-kredit sohasida banklar xavfsizligini ta‘minlashning tashkiliy boshqarish chora-tadbirlarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilarni o‗z ichiga oladi: • banklarning manfaat va huquqlarini qonuniy himoya qilish; • bank bilan bog‗liq vaziyatlarni tavsiflovchi ma‘lumotlarni to‗plash, tahlil qilish, baholash va bashorat qilish; • sheriklarni, mijoz va raqobatlarni o‗rganish; • xavfsizlikka tahdid soluvchi manbalar, subyektlarni ifodalovchi shaxslar tomonidan bankka va uning xodimlariga bo‗lgan qiziqishni o‗z vaqtida aniqlash. Ulardan himoyalanish choralarini ko‗rish; • bankka iqtisodiy shpionaj, tashkiliy jinoiy guruh vakillarining kirib olishiga yo‗l qo‗ymaslik; • bankka jinoiy maqsadlarda texnik, ya‘ni aloqa kompyuter tarmog‗i orqali kirib olishga to‗sqinlik qilish; • bank xodimlarini turli tajovuzlardan himoya qilish; • moliyaviy va moddiy mol-mulk, tijorat siri hisoblangan axborotlarni, ma‘lumotlarni qo‗riqlash; • bino, inshoot, bank territoriyasi va transport vositalarini qo‗riqlash; • moliyaviy faoliyat strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; • ommaviy axborot vositalari, hamkorlar va mijozlarda bank to‗g‗risida ijobiy fikr, tasavvur uyg‗otish; • bank va uning xodimlariga ayrim tashkilot va shaxslar tomonidan yetkazilgan moddiy va ma‘naviy zararni qoplash uchun sharoitlar yaratish; • xavfsizlik tizimining samarali faoliyat yuritishini muntazam nazorat qilish. Iqtisodiyot normal amal qilishi uchun moliyaviy mablag‗lar uning sohalari, tarmoqlari, hududlari bo‗yicha taqsimlanadi. Bularning barchasi hujjatlar aylanmasi, hisobotlar va iqtisodiy axborotlarda qayd etiladi hamda o‗z ifodasini topadi. Shu boisdan moliya sohasidagi xavfsizlikni ta‘minlash uchun, avvalambor, moliyaviy hujjatlarning o‗rnatilgan huquqiy-me‘yoriy talablarga muvofiqligini tekshirish lozim bo‗ladi. Ushbu umumiy talablar quyidagilardan iborat: • zaruriy rekvizitlarni, ya‘ni hujjatlar uchun qonun, amaldagi tartib- qoidalarga muvofiq majburiy ma‘lumotlar bo‗lishini belgilash; • muhr va shtamplarning aniqligi; • hujjatlarda tuzatish, qo‗shimcha yozuvlar, xatolar, uning turli nusxalari mazmunining har xil bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik; • mansabdor shaxslar imzosining mosligi va boshqalar; • barcha hujjatlar sinchiklab o‗rganilishi, tahlil qilinishi, tekshirilishi kerak. Ushbu ma‘lumotlarga ega bo‗lish hamda xavfsizlikni ta‘minlash uchun uning ishonchli tizimini ishlab chiqish va joriy etish lozim bo‗ladi. Buning uchun esa quyidagilar ko‗zda tutilishi zarur: • bank va uning har bir bo‗linma(filial)larida xavfsizlikni ta‘minlashning tashkiliy tuzilmalarini vujudga keltirish; • ma‘lumotlarni o‗g‗irlash, yo‗q qilish maqsadida uni olishning potensial imkoniyatlarini muntazam ravishda o‗rganish va baholash; • ma‘lumotlarni xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha uslubiy, tashkiliy- me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ularning talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish chora-tadbirlarini qabul qilish; • axborotlarni himoya qilishning tashkiliy-texnik, dasturiy chora- tadbirlari, vositalarini maxsus tashkilotlar yordamida ishlab chiqib, joriy etish; • axborotlarni himoyalash tizimini attestatsiya qilish, uning amal qilinishini muntazam nazorat qilish; • axborotlar xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha bank mutaxassislarini tayyorlash; • hujjatlar, blanklar, muhr, shtamplarni saqlashning himoya choralarini ko‗rish, rasmiylashtirilmagan shartnoma loyihalari va boshqa hujjatlarning o‗z vaqtida qaytarilishini ta‘minlash; • moliyaviy hujjatlar bo‗yicha ichki va tashqi auditorlarlik tekshiruvlari o‗tkazish; • bank operatsiyalari bo‗yicha risklarni aniqlash va baholash. Kapitalning yetarlilik ko‗rsatkichi va har bir qarz oluvchi uchun riskni maksimal miqdorini aniqlash muhim hisoblanadi. Alohida mijozning riskini aniqlash uchun bank tomonidan xo‗jalik subyektlarining kredit kotirovkasi tuziladi. Shuningdek, banklar risklarni boshqarishlari kerak bo‗ladi. O‗zbekistonda valuta tizimining asosini o‗zbek so‗mi tashkil etadi. U 1994- yil 1-iyuldan yagona qonuniy to‗lov vositasi hisoblanadi. Milliy valuta so‗mning barqarorligini ta‘minlash va uning qadrini oshirish xalq faravonligini hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga erishish uchun O‗zbekistonda aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan to‗rtta alohida dastur qabul qilinib, amalga oshirildi. Ushbu dasturlar to‗plami quyidagilardan iborat: 1. So‗mning xarid quvvatini oshirish uchun respublika ichki bozorini mumkin qadar tezroq iste‘mol mollari bilan to‗ldirish chora-tadbirlarini ko‗rish. 2. Valutaning barqaror amal qilishi, uning yetarli valuta zaxirasini vujudga keltirish. 3. Har bir korxona, har bir kishi ishlab topgan so‗mni qadrlashini, hurmatlashi, faxrlanishi uchun shart-sharoit yaratish. Buning uchun qat‘iy moliyaviy-kredit siyosatini izchillik bilan o‗tkazish lozim bo‗ladi. 4. Milliy valutani mustahkamlash uchun inflatsiyaga qarshi puxta o‗ylangan siyosat o‗tkazish. Download 37.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling