5-mavzu. Xoʻjalik subektlarining maxsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish hajmini tahlili


Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar quyidagi guruhlarga klassifikatsiya qilinadi


Download 30.19 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi30.19 Kb.
#1482983
1   2   3   4   5
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar quyidagi guruhlarga klassifikatsiya qilinadi:

doimiy (o’zgarmaydigan) xarajatlar;


o’zgaruvchan xarajatlar.

Doimiy (o’zgarmaydigan) xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmaydi. Bu xarajatlar, hatto XYuS ishlamay turgan hollarda ham yoki uning tashkil qilinish davrida ham mavjud bo’ladi. Bunday xarajatlarning qato-riga o’z asosiy fondlarining amortizatsiyasi, binolarning ijarasi, ma’muriyat va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim ko’rinishlari va boshqalar kiradi.


O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan proportsional ravishda o’zgaradi. Bunday xarajat-larning tarkibi
xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, texnologik ehtiyojlar uchun yoqilg’i va energiya, asosiy ishchilarning ish haqlari va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlardan iborat.
Bir vaqtning o’zida XYuS xarajatlarining doimiy (o’zgarmaydigan) xarajatlar va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’linishi shartli xarakterga ega. Buning sababi shundaki, uzoq vaqt davomida XYuSning barcha xarajatlari o’zgaradi. Shuning uchun ham ular ko’p hollarda shartli-doimiy (shartli-o’zgarmaydigan) va shartli-o’zgaruvchan xarajatlar deb yuriti-ladi. Xarajatlarning bunday bo’linishidan zarar (ziyon)siz-lik tahlil qilinganda, ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibiy tuzilmasini optimallashtirishda va moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirish (o’tkazish)da foydala- niladi. Doimiy (o’zgarmaydigan) xarajatlar va o’zgaruvchan xarajatlarning yig’indisi mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining umumiy summasini tashkil etadi.
Iqtisodiy elementlariga ko’ra xarajatlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

moddiy xarajatlar:


xomashyo va materiallar;
sotib olingan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
yoqilg’i;

texnologik maqsadlar uchun elektroenergiya;


mehnat haqi xarajatlari;
va boshqalar.

tasdiqlangan yagon ijtimoiy soliq stavkasiga muvo-fiq ravishda ish haqi fondiga hisoblashlar;


asosiy vositalarning amortizatsiyasi;

Download 30.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling