5-mavzu. Xoʻjalik subektlarining maxsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish hajmini tahlili


Download 30.19 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi30.19 Kb.
#1482983
1   2   3   4   5
boshqa xarajatlar:

ijara haqi;

majburiy sug’urta to’lovlari;

tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar;

va boshqalar.

Iqtisodiy elementlar xarajatlarning bir xil ko’ri-nishlari bo’lib, ular mahsulotni ishlab chiqarish va rea-lizatsiya qilishda aniq bir rolni o’ynaydi. Xarajatlarning iqtisodiy elementlarga bo’linishidan mahsulot barcha hajmini ishlab chiqarish xarajatlarining smetasini tuzish-da foydalaniladi. Tannarxning elementli tarkibiy tuzil-masi xarajatlar u yoki bu ko’rinishi salmog’iga bog’liq ravishda sanoatning tarmoqlari bo’yicha farqlanadi. Agar moddiy (material) sig’imli


tarmoqlarda mahsulot tannar-xining tarkibida moddiy xarajatlar hal qiluvchi o’rinni egallasa, mehnat sig’imli tarmoqlarda esa asosiy hissa mehnat haqiga to’g’ri keladi. Energiya sig’imli tarmoqlar ham mavjud bo’lib, ularning tannarxida energetika resurs-larining xarajat- lari (rangli metallurgiya, ximiya sanoati, engil metallarni ishlab chiqarish) katta salmoqni egal-laydi. O‘z navbatida, fond sig’imli tarmoqlarda katta salmoq asosiy fondlarning amortizatsiyasi va ularni saqlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarga to’g’ri keladi.
Kalkulyatsiya moddalari bo’yicha xarajatlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

xomashyo va materiallar;

qaytariluvchi chiqindilar;

texnologik maqsadlar uchun yoqilg’i va energiya;

asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo’shimcha ish haqlari;

yagona ijtimoiy soliqqa hisoblashlar;

mashina va dastgohlarni saqlash xarajatlari;

umumishlab chiqarish xarajatlari;

umumxo’jalik xarajatlari;

boshqa ishlab chiqarish xarajatlari;

tijorat xarajatlari.

Xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo’yicha (klas-sifikatsiya qilinishi) mahsulotlarning alohida turlari bo’yicha uning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu belgiga ko’ra XYuSlarning xarajatlari ikkiga bo’linadi:

to’g’ri (bevosita) xarajatlar;

egri (bilvosita) xarajatlar.

To’g’ri (bevosita) xarajatlarga mahsulotning aniq bir turini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi. Ular shu mahsulotning tannarxiga bevosita kiri-tiladi. Masalan, xomashyo, asosiy material xarajatlari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotning ma’lum bir turi bo’yicha butlovchi buyumlar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar ana shunday xarajatlar hisoblanadi. Egri (bilvosita) xarajatlar butun XYuSda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish yoki mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, binolar va dastgohlarni saqlash, ularni ta’mirlash xarajatlari, boshqaruv apparatiga tegishli bo’lgan ish haqi xarajatlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu xarajatlar konkret turdagi buyumlarning tannarxiga qanday-dir bir shartli asosga ko’ra proportsional ravishda, ko’p hollarda, to’g’ri
(bevosita) xarajatlarga nisbatan to’g’ri proportsional ravishda kiritiladi.


Download 30.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling