5 mavzu: Yalpi ichki mahsulot statistikasi Reja
Download 81.7 Kb.
|
maruza matni
5 mavzu:Yalpi ichki mahsulot statistikasi Reja: 5.1. Milliy iqtisodiyotni amal qilishining yalpi va pirovard natijalarini ta'riflovchi ko'rsatkichlar 5.2. Yalpi ichki mahsulot xajmini hisoblash usullari. 5.1. Milliy iqtisodiyotni amal qilishining yappi va pirovard natijalarini ta'riflovchi ko'rsatkichlar Makroiqtisodiyotda turli maqsadlarga yo’naltirilgan ko'plab kursatkichlardan farqlaniladi. (Yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki maxsulot, milliy daromad va boshqalar). Ular orasida eng asosiysi bo'lib, yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko'rsatkichi hisoblanadi. YAIM - bu xalq xo'jaligi bo'yicha iqtisodiy faoliyatni yakuniy ko'rsatkichlarini ifodalovchi umumiy ko'rsatkichdir. U asosan bir-biri bilan mustaxkam bog'langan iqtisodiy jarayon oqimlarini: moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish, daromadlarni taqsimlash, moddiy ne'mat va xizmatlardan pirovard foydalanishni o'rganishda keng qo'llaniladi. YAIM - bu barcha xo'jalik birliklari bo'yicha: moddiy ishlab chiqarish soxasidan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni, xizmat ko'rsatish sohasini, shuningdek aholini shaxsiy yordamchi xo'jaliklarini, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini iqtisodiy natijalarini o'z ichiga oladi. Iqtisodiy faoliyat natijalarida yaratilgan moddiy ne'matlar va krsatilgan xizmatlar kiradi. YAIMni hisoblashda 3 xil usuldan foydalanamiz (ishlab chiqarish, taksimot va yakuniy iste'mol). YAIM - YAMMning bir qismi bo'lib hisoblanadi va ularning (farqi shundan iboratki, YAMM shu mamlakat korxonalarining qaysi davlat hududida joylashganligiga qaramasdan iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalaydi YAIM esa ushbu mamlakat hududidagi xo'jalik birliklari tomonidan moddiy birliklar ishlab chiqarish va xizmatlarni ko'ratishni aks ettiradi. YAIM - bu yil davomida mamlakatda yaratilgan pirovard mahsulotlarning qiymatini ifodalaydi. (5-jadvalga qarang) MHT ning umumpy hisoblarida YAIMni takror ishlab chiqarishni xar xil aspektlari: uni ishlab chiqarish, tashkil topishi, taqsimlash va jamg'arish hamda boshqa qator maqsadlari aks ettiriladi. YAIMda o'zaro bog'langan va bir-birini taqazo etadigan tovarlar va xizmatlar, daromadlar oqimi takror ishlab chiqarish jarayonida bosqichma - bosqichi fodalab boriladi. Jadval-5 O'zbekiston Respublikasi YAIM ishlab chiqarish hajmi (joriy narhlarda mlrd so’m)
Download 81.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling