Sof milliy mahsulotni aniqlash. Sof milliy mahsulot (SMM) – bu miqdoran yalpi milliy mahsulotdan asosiy fondlar iste'moli (amortizatsiyasi)ni chegirib tashlagandan so'ng qolgan qismiga teng, ya'ni
SMM=YaMM - A
Sof milliy mahsulot mohiyati bilan mehnat tufayli yangidan xosil qilingan mahsulot bo'lib, u pul (qiymat) shaklida o'lchanadi. SMM ikki qismdan iborat bo'ladi: a) zaruriy mahsulot; b) qo'shimcha mahsulot;
Zaruriy mahsulot – sof milliy mahsulotning yaratish jarayonida o'z mehnati bilan ishtirok etganlarning ish qobiliyatini tiklash, oilasini ta'minlash uchun ketadigan mahsulotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |