5 mavzu: Yalpi ichki mahsulot statistikasi Reja
Download 81.7 Kb.
|
maruza matni
Qo'shimcha mahsulot esa zaruriy mahsulotdan ortiqcha maxsulotdir. Agar zaruriy maxsulot ishchi kuchi egalariga yoki mehnat soxiblariga tegadigan bo'lsa, qo'shimcha mahsulot moddiy ashyoviy omil egalariga ularning daromaddagi xissasi orqali tegadi.
Sof milliy mahsulot uni yaratishda ishtirok etishlar omil egasiga daromad bo'lib, yer egasiga renta, kapital egasiga foyda va foiz, ishchi egasiga ish haqi, tadbirkorlarga ish xaqi va foyda taqdim etadi. Sof milliy mahsulotning jamiyat a'zolariga ularning daromadi sifatida tekkan qismi milliy daromad (MD) deb yuritiladi. Milliy daromad jamyat miqyosidagi barcha daromadlar yig'indisidir, u tabiatan yangidan xosil etilgan mahsulot, lekin uning pul shaklida ifodalanishidir. Milliy dromad moxiyat jixatdan olganda ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlaridan iborat bo'lib, zaruriy va qo'shimcha mahsulotning asosiy qismini o'z ichiga oladi. Yangi milliy hisoblar tizimida eng muhim ko'rsatkichlar orasidagi bog'lanish kquyidagicha ifodalanadi: A. Yalpi ichki mahsulot. B. berilgan mamlakat rezidentlarining xorijiy mamlakatlardan olgan daromadlari (mulkdan olingan daromad, mehnat xaqi, ishlab chiqarishga soliqlar). V. Xorijiy mamlakatlarga beriladigan birlamchi daromadlar. G. Yalpi milliy daromad (A+B-V). D. Berilgan mamlakat rezidentlarining xorijiy mamlakatlardan olgan joriy transfertlari qoldig'i (ijtimoiy yordam, qarindoshlardan olingan sovg'a-salomlar). E. Yalpi milliy sof daromad (G + D). Yangi MHT metodologiyasi bo'yicha yalpi foyda (yalpi aralash daromad) va sof foyda (sof aralash) daromad quyidagicha aniqlanadi: Yalpi foyda q yalpi qo'shilgan qiymat - ishlovchilarni mehnat xaqi - ishlab chiqarishga soliqlar Q subgidpyalar.Sof foyda q yalpi foyda - asosiy fondlar iste'moli. Agar YAIMdan asosiy fondlar iste'molini ayirib tashlasak, u holda sof milliy maxsulot ko'rsatkichi kelib chikadi. Milliy iktisodiyotning pirovard natijalarini ta'riflovchi ko'rsatkichlar tarkibi bilan kelgusi boblarimizda batafsil tanishib chiqamiz. Download 81.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling