5 mavzu. Yozuv tamoyillari: fonetik, morfologik, shakliy, tarixiy-an’anaviy


YOZILISH TAMOYILI O‘ZGARGAN SO‘ZLAR


Download 38.28 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi38.28 Kb.
#1548428
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 mavzu Yozuv tamoyillari fonetik, morfologik, shakliy, tarixiy

YOZILISH TAMOYILI O‘ZGARGAN SO‘ZLAR



КИРИЛЛ ЁЗУВИДА

LO TIN YOZUVIDA

сентябрь

sentabr

шовилламоқ

shovullamoq

цирк, лицей

sirk, litsey

нуқтаи назар

nuqtayi nazar

кўпдан-кўп

kopdan ko‘p

2015 йил 25 март

2015-yil 25-mart

кечаю кундуз

kecha-yu kunduz

сўз боши

sozboshi

жигар ранг

jigarrang

боққа, тоққа

bogga, togga

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar


Grafika nima? Qanday shakllar grafika hisoblanadi?


O'zbek orfografiyasi nimani o'rganadi?


Harf deb nimaga aytiladi? Qanday belgilar harf hisoblanadi?


To'g'ri yozish qanday ahamiyatga ega?


O'zbek yozuvi tarixini qisqacha izohlab bering?


Amaldagi yozuvimiz qanday grafikaga asoslangan?


O'zbek orfogpafiyasining qanday tamoyillari bor?


Fonetik yozuv nima? Morfologik yozuvichi?


To'g'ri talaffuz qoidalarini qaysi ta'limot o'rganadi?


Unlilar talafluzini tavsif qiling?


Undoshlar talaffuzini ayting?


Orfografiya va orfoepiyaning o'zaro munosabatini ayting?


Amaliy mashg'ulotlar


1-mashq. Ushbu so'zlarni ko'chiring va to'g'ri talaffiiz qilishni mashq qiling. Muammo, muomala, mudofaa, matbuot san'at, sanoat, siyrat, surat, sur'at, jur'at, taajjub, taalluqli, muassasa, matbaa, televideniye, intervyu, muvafTaqiyat, jug'rofiya, universistet.


2-mashq. O'qing. Undagi so'zlarni to'g'ri va tez o'qishga harakat qiling.

Tilimi tilimni ming tilim qilgan,


Qirqmalar bog'ladi yokim qovg'aga.


Asaljon, Shakarjon paspurti bilan


Bebilet jo'naydi do'stga sovg'aga. (G'.G'.)


O'zbek orfografiyasining tamoyillari
Tamoyil (prinsip) – lotincha boshlanish demakdir. Imloviy tamoyillar yozuvning poydevoridir. Orfografiyaning uchta asosiy tamoyili bor: 1) fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy-an'anaviy tamoyil. Bulardan tashqari, 4) differensial tamoyil va 5) grafik yoki etimologik tamoyillar ham mavjud. Lekin keyingi ikkalasi asosiy rol o'ynamaydi. O'zbek orfografiyasidagi mazkur tamoyillar o'zaro bog'liq holda ish ko'radi. Yozuvda xilma-xillikka yo'l qo'ymaslik uchun bularga qat'iy rioya qilinadi.
Fonetik tamoyil
So'z tarkibidagi nutq tovushlarining aytilishi va eshitilishiga ko'ra yozilishi fonetik tamoyilga xos. Bunga ko'ra so'zlar adabiy talaffuzda qanday aytilsa, shunday yoziladi. Masalan, ong o'zagidan ­la affiksi bilan yasalgan so'z ongla emas, angla shaklida yoziladi, ya'ni o'zakdagi o o'rniga a talaffuz qilinarkan, xuddi shunday yoziladi. Ishla negizidan yasalgan ishlovchi so'zida a o'rniga o yoziladi. (tara – taroq so'zlarida ham shunday). Shuning-dek, ruscha счёт, счётка so'zlari ham eshitilishiga ko'ra cho't, cho'tka tarzida yoziladi.
Fonetik tamoyil orfografiyani jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. Yozuv va talaffuzda ma'lum darajada umumiylik saqlanadi.
Nutqimizda tushdi so'zi tushti, tushgan so'zi tushkan tarzida talaffuz qilinadi. Ba'zan so'z oxirida bir undosh tushirilib aytiladiki (Samarqan, xursan, pas kabi), bu so'zlar talaffuzdan boshqacharoq yoki to'liq yoziladi. Bu holat fonetik tamoyil orfografiyaning yagona tamoyili bo'la olmasligini ko'rsatadi.
Xuddi shuningdek, alifbodagi kamchiliklar tufayli unlilar qattiq va yumshoq talaffuz qilinishidan qat'iy nazar, bir xilda yoziladi: biz, tiz, qiz, qish, ko'l, ko'z, qo'y, qo'zi, qalb, ona, qur, bur, tur, o'r, ur kabi.

Download 38.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling