5 mavzu. Yozuv tamoyillari: fonetik, morfologik, shakliy, tarixiy-an’anaviy


Download 38.28 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi38.28 Kb.
#1548428
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 mavzu Yozuv tamoyillari fonetik, morfologik, shakliy, tarixiy

Etimologik yoki grafik tamoyil

O'zlashgan so'zlarning qadimgi etimologik yoki grafik holatini saqlab qolish asosida yozish imloda etimologik yoki grafik tamoyil deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, yozuvda o'zlashma so'zning etimologiyasi saqlanadi. Masalan, Navoiy, Lutfiy, Maoniy, mutolaa, mushoira, muammo kabi so'zlar ham shu tamoyil asosida yozilgan. Rus tili va u orqali o'zlashgan rol, sentner, tender, kompyuter, bank, senator, aksiya kabi so'zlar etimolo-gik-grafik tamoyil asosida yozilmoqda. Shunisi xarakterliki, o'zbek tili talaffuzi uchun qiyin bo'lgan ba'zi ruscha-internatsional so'zlar hozirgi orfografik qoidalarga ko'ra, istisno tarzda, tilimizning talaffuz xususiyat-lariga moslab yoziladi va talaffuz qilinadi: kiosk – kioska, propusk – propuska, otpusk – otpuska, bank – banka kabi.


Ayni vaqtda orfografiya tamoyillari o'rtasida uzviy aloqa ham mavjud. Oilaviy, Navoiy kabi so'zlarning oxiridagi -viy, -iy qo'shimchalari tarixiy-an'anaviy tamoyilga ham, etimologik-grafik tamoyilga ham mos keladi.


Jo'nalish kelishigi shakli -ga, -ka, -qa yozilishida fonetik va morfologik tamoyillar mos keladi.


Nutq so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi
ko’rinishi bo’lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq deyilganda,
aytilmoqchi bo’lgan maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga to’liq etib borishi,
ularga ma’lum ta’sir o’tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko’ra nutq oldiga ma’lum
talablar qo’yiladi. Bu talablar nutqning kommunikativ sifatlari bo’lib, unda nutqning mantiqan to’g’ri, aniq, chiroyli va maqsadga muvofiq bo’lishi nazarda tutiladi.
1. Nutqning to’g’riligi. «To’g’rilik deganda, -deb yozadi V.G.Kostomarov,-
nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum pay tda
qabul qilingan normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy va NUTQNING KOMMUNIKATIV SIFATLARI

Nutqning to’g’riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Chunki nutq to’g’ri


bo’lmasa, uning boshqa kommunikativ sifatlari, ya’ni mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur etadi. Nutq to’g’ri bo’lishi uchun, asosan, ikki me’yorga - urg’u va Grammatik normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. So’zlardagi urg’uning ko’chishi bilan ma’noning ham o’zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Masalan: olma so’zi. Bu so’zni alohida urg’usiz olib qaraganda, uning qanday ma’noda qo’llanilayotganini aniqlash qiyin. Faqat urg’u undagi ma’noning aniqlanishiga ko’maklashadi. Ya’ni olma tarzida urg’u birinchi bo’g’inga tushganda, harakat, olma kabi oxirgi bo’g’inga tushganda esa mevaning bir turi ma’nosi anglashiladi. Aniqlik ikki xil bo’ladi: narsaning aniqligi va tushunchaning aniqligi. Narsa yaxshi bilsa, unga xos so’zlar tanlasa va o’zi tanlagan so’zlarning ma’nolariga mos vazifalar yuklasa, nutqning aniq bo’lishi tayin. Demak, aniqlik nutqda so’z qo’llash me’yorlariga amal qilishdan iborat. Bu jihatdan aniqlik to’g’rilikning boshqacha ko’rinishi hisoblanadi. Ba’zan notiq o’zi ishlatadigan so’zning ma’nosini bilishga uncha e’tibor bermaydi. Natijada so’zning ma’nosi nutqdan ko’zda tutilgan maqsadga mos kelmaydi. Ko’pincha bunga bir-biriga yaqin narsalarni anglatuvchi so’zlar sabab bo’ladi. Masalan: Abdulla Qahhor yozuvchi Ma’ruf Hakimning «Qahramonning o’limi» hikoyasini tahlil qilib, «Botir beliga qator beshta bomba qistirib...», «Qo’liga bomba ushlagan holda ko’chaga yugurdi» jumlalaridagi bomba so’zining noto’g’ri qo’llanilayotganligini, yozuvchining bomba va granatani farqlamasligini tanqid qiladi.1 bilan bog’liq bo’ladi. Agar notiq o’zi fikr yuritmoqchi bo’lgan nutq predmetini aniqligi nutqda aks etgan mavjudlikning narsalar, hodisalar doirasi bilan nutq mazmunining munosabatida ko’rinadi. Nutqda mavjudlikning narsa va hodisalari to’g’ri aks etishi uchun notiq o’zi so’zlayotgan narsalarni yaxshi bilgan bo’lishi lozim. Nutq predmetini bilmaslik yoki chala bilish, shuningdek, ularni o’rganishda loqaydlik qilish orqasida yuzaga kelgan noaniqlik yoqimsiz bo’lib, tinglovchini

1 Qarang: R.Qo’ng’urov va b. O’sha asar. 52-bet.


2 Qarang. R.Qo’ng’urov va b. O’sha asar 53-bet.


1 Qarang: T.Qudratov. O’sha asar. 55-bet.



Download 38.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling