5-Modul: Avtoservis korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish. Reja


 Sotish oldi va kafolatli texnik xizmat


Download 419.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi419.03 Kb.
#1508868
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu

2. Sotish oldi va kafolatli texnik xizmat. 
Sotish oldi texnik xizmati avtomobillar bilan savdo qiluvchi barcha avtoservis 
korxonalarida bajarilishi shart. Zero sotishga qo‘yilgan avtomobillar sifati va butligi 
jihatidan ishlab chiqargan avtomobilsozlik kompaniyalarining maxsus standartlariga 
mos bo‘lishlari talab etiladi.
Sotish oldi texnik xizmatining bajarilishidan 
maqsad-xaridorga texnik jihatdan soz va foydalanishga yaroqli avtomobilni 
sotishdir. 
Sotish oldi texnik xizmatiga extiyoj esa avtomobillarni sotish joylariga 
yetkazish va saqlash jarayonlarida ular kuzovlari va salonlarining ifloslanishi, ayrim 
mexanizmlari va tizimlarida mayda nosozliklar paydo bo‘lishi, turli shikastlar 
yetishidan kelib chiqadi. Bundan tashqari avtomobilni xaridorga taqdim etishdan 
avval uni kuzovining bahzi joylaridagi zanglashdan saqlovchi surkama moylardan 
tozalash, agregatlari va tizimlaridagi moy va maxsus suyuqliklar sathini tekshirish 
va zarur hollarda mehyoriga keltirish, barcha agregatlari va harakat xavfsizligini 
ta`minlovchi mexanizmlari va tizimlarining soz va ravon ishlashi tekshiriladi va 
zarur hollarda sozlanadi yoki almashtiriladi. SHuningdek, avtomobilning texnik 
hujjatlari: “Avtomobildan foydalanish qoidalari”, “Servis daftarchasi”ning 
avtomobilga mosligi va avtomobilni butlovchi qismlar, zaxira g‘ildiragi, maxsus 


asbob-anjomlari bilan ta`minlanganligi tekshiriladi. Bu xizmat avtomobilni ishlab 
chiqargan kompaniyalar hisobidan bajariladi. Bajarilgan ishlar sifatiga esa bu 
xizmatni bajargan korxona mahsul hisoblanadi. Barcha aniqlangan nosozliklar
almashtirilgan qismlar va ta`mirlash ishlari sodir bo‘lgan hollarda bu haqda maxsus 
qaydnomalar tuziladi va avtomobilsozlik kompaniyasiga xabar beriladi. Sotish oldi 
texnik xizmati maxsus ajratilgan postlarda zaruriy malakaga ega bo‘lgan 
mutaxassislar tomonidan bajariladi va avtomobilning servis daftarchasiga yozib 
qo‘yiladi.
Sotish oldi TX ishlarining hajmi avtomobillar modeliga qarab 1-2 ishchi - 
soatni tashkil etadi, “GM-Uzbekistan” kompaniyasi barcha avtomobillari uchun bu 
ishlar hajmi 0,77 ishchi-soat miqdorida belgilangan. 

Download 419.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling