5. Modul; Induktiv bog‘langan zanjirlar
Download 220.32 Kb.
|
7 Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.2. Ketma ket ulangan induktiv bog‘langan zanjirlar tahlili.
- 10.3. O‘zaro induktivlik qatnashgan elektr zanjirlarni hisoblash.
5.Modul; Induktiv bog‘langan zanjirlar. 5.1. Mavzu; O‘zaro induktiv bog‘langan zanjirlar. Reja. 1.O‘zaro induktiv bog‘langan zanjirlar tushunchasi. 2. Induktiv chulg‘amni mos va qarama qarshi ulanishi. 1.Asosiy tushunchalar. Magnit oqimni biror konturni kesib o‘tishi tufayli konturda o‘zini e.yu.k. hosil qiladi. Agar magnit oqim konturdan oqib o‘tayotgan tok orqali xosil bo‘lgan bo‘lsa bu o‘z induksiya xodisasini anglatadi. Agar magnit oqim boshqa kontur toki tamonidan hosil bo‘lgan bo‘lsa bu o‘zaro induksiya xodisasini anglatadi ( . Ikkita bir biri bilan magnit bog‘langan induktiv chulg‘amni ko‘rib chiqamiz (ularni o‘rtasidaelektr bog‘lanish yo‘q) , agar birinchi chulg‘amni manbaga ulasak chulg‘amdan tok oqib o‘tadi, tok o‘z navbatida va magnit oqimni paydo qiladi. Magnit oqim ikkinchi chulg‘amni o‘ramlarini kesib o‘tadi, magnit oqimni bir qismi havo orqali tutashib sochilish oqimini hosil qiladi. O‘z induksiya hodisasi tufayli paydo bo‘lgan ilashgan oqim birinchi chulg‘amda o‘z induksiya e.yu.k. hosil qiladi. O‘zaro induksiya tufayli hosil bo‘lgan ilashgan oqim ikkinchi chulg‘amda o‘z aro induksiya e.yu.k. hosil qiladi. Ikkinchi chulg‘amda magnit oqimni hosil qilish qobilyati o‘zaro induktivlik deb yuritiladi. Ikkinchi chulg‘am qisqichlarini tutashtirsak tok xosil bo‘ladi, o‘z navbatida magnit magnit oqim ni paydo qiladi, o‘z induksiya ilashgan oqimi ikkinchi chulg‘amda e.yu.k.ni hosil qiladi. O‘zaro induksiya ilashgan oqimi birinchi chulg‘amda o‘zaro induksiya e.yu.k.ni hosil qiladi. Chiziqli zanjirlar o‘zaro induksiyasi ga teng. Induktiv bog‘lanish darajasi bog‘lanish koeffitsenti orqali izohlanadi; Bu yerda Induktiv bog‘langan zanjirlarda tok yo‘nalishlari mos bo‘lsa ular tufayli hosil bo‘lgan magnit oqimlar qo‘shiladi. bir xil nomga ega bo‘lgan qisqichlar nuqta orqalibelgilanadi. 10.2. Ketma ket ulangan induktiv bog‘langan zanjirlar tahlili. Induktiv chulg‘amlarni ikki usulda ulanishi mavjud; mos va qarama qarshi. Chulg‘amlar mos ulanganda o‘z induksiya magnit oqimi o‘zaro induksiya magnit oqimi yo‘nalishlari o‘zaro mos tushadi, bu holat bir xil nomlangan qisqichlarda tok yo‘nalishi bir xil bo‘lganda kuzatiladi. Magnit oqimni yo‘nalishi parma qoidasi bo‘yicha aniqlanadi, parma sterjeni tok yo‘nalishini bildirsa, dastasi magnit oqim yo‘nalishini anglatadi. Qarama qarshi ulanganda o‘zinduksiya va o‘zaro induksiya magnit oqimlari qarama qarshi yo‘nalgan. Chulg‘amlarni mos ulanishi. Kirish kuchlanishi ikkita induktiv bog‘langan chulg‘amlarni kuchlanishlari yig‘indisidan iborat. O‘zinduksiya va o‘zaroinduksiya kuchlanishlari bir hil ishoraga ega. 10.1.rasm. Zanjirni elektr holati uchun tenglama quyidagicha; Ifodani kompleks ko‘rinishi; Kompleks qarshilik Chulg‘amlar mos ulanganda aktiv reaktiv qarshiliklar qo‘shiladi; Chulg‘amlar ketma ket mos holda ulangan holat uchun vektor diagramma; Chulg‘amlar qarama qarshi ulangan holat uchun 10.3.rasm. ; O‘zinduksiya va o‘zaroinduksiya kuchlanishlari qarama qarshi yo‘nalgan, zanjirni elektr xolati uchun differensial tenglamasi; 10.3.rasm. Differensial tenglamani kompleks ko‘rinishi; Qarama qarshi ulangan chulg‘am uchun kompleks qarshilik; Buerda O ‘zaro induktivlik qarshiligi va o‘zaro induktivlik ni mos va qarama qarshi ulangan qarshiliklarni ayrish orqali topish mumkin. 10.4.rasmda chulg‘amlar qarama qarshi ulangan holat uchun vektor diagramma berilgan. Agar o‘zaro induktivlik,o‘z induktivlikka qaraganda ta’siri kuchli bo‘lsa bo‘lsa zanjir bu qismida sig‘im effekti kuzatiladi. Zanjirni reaktiv qarshiligi induktiv xarakterga ega bo‘lganligi tufayli o‘zaro induktivlik bir vaqtni o‘zida birinchi va ikkinchi chulg‘am induktivligidan katta bo‘la olmaydi. Keltirilgan vektor diagrammada o‘zaro induktivlik birinchi chulg‘am induktivligidan katta , ammo ikkinchi chulg‘am induktivligidan kichik 10.3. O‘zaro induktivlik qatnashgan elektr zanjirlarni hisoblash. O‘zaro induktivlik mavjud bo‘lganda tormoq toklari ikkinchi tarmo toklariga bog‘liq bo‘lib qoladi shuning uchun hisoblashda Kirxgof qonunlari va kontur toklar usulidan foydalaniladi. 1 0.5.rasmda berilgan induktiv bog‘langan zanjir uchun xisoblashlar olib borish uchun Kirxgof qonunlari bo‘yicha tenglama tuzamiz. Ifoda toklarini almashtirish orqali quyidagi tenglikni hosil qilamiz. Bu tenglikka 10.6.rasm mos keladi. Tugunda uchta tarmoq bo‘lib undan ikkitasi induktiv bog‘langan bo‘lsa, induktiv bog‘langan tarmoqlarga mos holda o‘zaro induktivlik qarshiligini kiritish lozim. Vektor diagrammani qurishda o‘zaro induktivlik oqimi chulg‘am induktivligi oqimi bilan mos bo‘lsa kuchlanish tokdan 900 ilgarlab ketadi, qarama qarshi bo‘lsa 900 orqada qoladi. Nazorat savollari. 1. O‘zaro induktivlik hodisasi nima ? 2. O‘zaro induktivlik koeffitsenti k nima ? 3. O‘zaro induktivlik qarshiligi nima ? 4. Induktiv chulg‘amni qarama qarshi, mos ulanishi nimani anglatadi ? 5. Induktiv chulg‘am mos, qarama qarshi ulanganda ularning qarshiligi nimaga teng ? 6. Induktiv bog‘langan zanjirlar uchun hisoblashlar qay tarzda olib boriladi ? Download 220.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling