5-mustaqil ishi. Tarmoq texnologiyalari


Download 180.32 Kb.
bet1/6
Sana09.10.2023
Hajmi180.32 Kb.
#1696268
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mustaqil ishi. Tarmoq texnologiyalari


5-mustaqil ishi. Tarmoq texnologiyalari
Reja:
1. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari
2. Kompyuter tarmoqlari topologiyalari
3. Server mijoz texnologiyasi
4. Internet tarixi
5. Internet xizmatlari va tushunchalari
8. Internet protokollari va manzillari


Kompyuter tarmoqlari. Kompyuter tarmoqlari kompyuterlarni bir biriga bog’lash uchun xizmat qiladi. Kompyuter tarmoqlari ulanish turiga(interfeys) ko’ra simli yoki simsiz bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmoqlari uch turga bo’linadi: lokal, mintaqaviy va global turlarga bo’linadi. Lokal kompyuter tarmoqlari bir xona yoki binodagi kompyuterlarni birlashtiradi. Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari ma’lum bir hudud tuman, viloyat yoki mamlakat kompyuter tarmoqlarini birlashtiradi. Global kompyuter tarmoqlari mamlakatlardagi kompyuter tarmoqlarini birlashtiradi. Global kompyuter tarmoqlari o’z ichiga minglab lokal kompyuter tarmoqlarini o’z ichiga oladi. Kompyuter tarmoqlaridan foydalanishdan maqsad butun dunyo kompyuterlari bilan aloqa o’rnatishdir. Kompyuter tarmoqlari orqali kompyuterlar o’rtasida axborot almashinish mumkin. Kompyuter tarmoqlari yordamida bir kompyuterda hosil qilingan axborotni boshqa kompyuterlarga tezkor ravishda yetkazish mumkin. Kompyuter tarmoqlaridan foydalanish juda katta ahamiyatga ega.

K ompyuter tarmoqlari turlari:


Lokal tarmoq - Lokal kompyuter tarmoqlari bir xona yoki binodagi kompyuterlarni birlashtiradi.
Mintaqaviy tarmoq – Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari ma’lum bir hudud tuman, viloyat yoki mamlakat kompyuter tarmoqlarini birlashtiradi.
Global tarmoq – Global kompyuter tarmoqlari mamlakatlardagi kompyuter tarmoqlarini birlashtiradi.

Kompyuter tarmoqlari TCP/IP bilan uzviy bog’liqlikda ishlaydi. TCP/IP qisqartmasi Transmission Control Protocol va Internet Protocol dan tashkil topgan. Tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar o’z IP manziliga ega bo’ladi. IP manzil qaysi kompyuterdan qaysi kompyuterga xizmat ko’rsatilishini aniqlash uchun kerak bo’ladi. Tarmoqda bir xil IP manzilga ega ikkita kompyuter bo’lishi mumkin emas. Kompyuterlar IP manzillarsiz kompyuter tarmoqlarini tashkil qilolmasdi.





Download 180.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling