5-mustaqil ishi. Tarmoq texnologiyalari
Kompyuter tarmoqlarining topologiyalari
Download 180.32 Kb.
|
5-mustaqil ishi. Tarmoq texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Server mijoz texnologiyasi.
Kompyuter tarmoqlarining topologiyalari. Kompyuter tарmоg‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa liniyalari bilan ulashi tushuniladi.
K ompyuter tarmoqlari 3 turga bo’linadi: 1. Shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi. 2. Yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi. 3. Halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan. Server mijoz texnologiyasi. Server mijoz texnologiyasi kompyuter tarmog’ida ishlatiladigan asosiy tuzilma hisoblanadi. Kompyuter tarmoqlari odatda bitta server va bir qancha mijozlardan tashkil topgan bo’ladi. Server mijozlarga turli xil xizmatlarni ko’rsatadi. Mijoz tomonidan berilgan so’rovlarni ko’rib chiqadi va so’rovga tegishli javobni so’rovni amalga oshirgan mijozga uzatadi. Kompyuter tarmog’ida odatda asosiy qurilma server qilib olinadi. Bu qurilma keying yuqori tarmoqqa ulanishi mumkin. Mijozlardan so’rov kelsa va so’rov javobi yuqori tarmoda bo’lsa, mijozni yuqori tarmoqqa chiqishini ta’minlashi mumkin. Mijozlar o’ziga kerakli ma’lumotlarni server orqali oladi. Tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan aloqa qilishda va ma’lumotlarni olishda ham serverga bog’lanadi. Server va mijozlar o’z ip manziliga ega bo’ladi. Mijozlar tarmoqni o’zida va yuqori boshqa tarmoqlarda ham o’z o’zidan ish yurita olmaydi, mijozlarni huquqlarini server boshqaradi. Mijozlardan o’rtasidagi trafik server orqali o’tadi. Yuqori boshqa tarmoqlar va tarmoqni server va mijozlari o’rtasidagi trafik ham server orqali o’tadi. Agar tarmoqqa boshqa mijoz ulansa, mijozlar soni ortadi. Mijozlarni o’zi ham server bo’lishi mumkin yoki o’zini tarmog’ini tashkil qilishi mumkin. Agar mijozga boshqa kompyuterlar ulansa, unda mijoz serverga aylanadi va yangi kompyuter tarmog’i hosil bo’ladi va yangi tarmoqqa mijozlar ulanishi mumkin. Yangi tarmoq yuqori tarmoqqa ulangan bo’lsa, u yuqori tarmoq uchun quyi tarmoq hisoblanadi. Agar yuqori tarmoq bo’lmasa alohida tarmoq hisoblanadi. Agar yuqori tarmoqqa yangi tarmoq ulansa, u kengayadi. Qancha ko’p yuqori tarmoq qo’shilsa, u shuncha kengayib boradi. Agar quyi tarmoqqa yangi tarmoq ulansa, u kegayadi. Qancha ko’p quyi tarqmoq qo’shilsa, u shuncha kengayib boradi. Download 180.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling