5-mustaqil ishi. Tarmoq texnologiyalari


Download 180.32 Kb.
bet4/6
Sana09.10.2023
Hajmi180.32 Kb.
#1696268
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mustaqil ishi. Tarmoq texnologiyalari

Internet tarixi – Internet yaratilishiga dastlabki tashkil qilingan AQSH ning ARPANet kompyuter tarmog’i turtki bo’lgan. ARPANet qisqartmasi Advadced Research Projects Agency so’zlaridan tashkil topgan. ARPANet Kaliforniya va Yuta shtatlaridagi 4 tagina kompyuterni o’zaro bog’lagan. Internet biror tashkilotga bo’ysunmaydi, lekin ilmiy va ta’lim muassalari, tijorat strukturalari va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Internet tushunchasi 1994-yildan boshlab internetdagi web texnologiyalari muvoffaqiyatli sinovlardan o’tib ko’pchilikning e’tiboriga tushgandan keng keng ishlatila boshlandi. Birinchi brauzer dasturi 1990-yilda CERN(Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-li tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda eng ko’p foydalanuvchilarga ega bo’lgan brauzer AQSH ning Google brendi ostiga tegishli bo’lgan Google Chrome brauzeri hisoblanadi. Brauzer dasturlariga misol qilib Google Chrome, Yandex, Mozilla Firefox, Microsoft EDGE va boshqalarni keltirish mumkin.

O’zimizning qidiruv tizimimiz 2006-yilning oktyabr oyida UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan ishlab chiqilgan va ishga tushurilgan. 2015-yilning 11-fevralida esa yangi talqini ishlab chiqilgan va ishga tushurilgan.


Internetga telefon tarmog’lari orqali ulanish imkonini beradigan modem deb ataluvchi qurilma 1979-yil Nayes kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Modem qurilmasini yaratilishi va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz va ortiqcha harajatlarsiz ham internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Modem internetning tez rivojlanishiga katta yordam berdi.


Davlatimiz rahbarining “o’zbekiston respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’grisida”gi 2005-yil 28-sentyabrdagi qaroriga muvofiq. 2006-yilda “ZiyoNET” jamoat axborot ta’lim tarmog’i tashkil etildi. 1972-yil Larry Roberts tomonidan elektron pochta uchun birinchi dastur yaratildi. 1991-yil Tim Berners-li tomonidan WWW ya’ni World Wide Web ga asos solindi. 1978-yil IPv4 protokoli qabul qilindi. 1983-yil TCP/IP internet uchun asos qilib olindi. 1984-yil DNS ya’ni domenlarni nomlash tizimi joriy qilindi. 1999-yil yirik shaharlarda DSl liniyalari orqali internetga ulanish ommaviylasha boshladi. 1994-yil may oyidan mamlakatimiz internet tarmog’iga ulandi. 1997-yil uz domeni ishga tushurildi. Mamlakatimizga tegishli bo’lgan uz domeni UZINFOCOM tomonidan boshqariladi. Ushbu domen uchun ochilgan cctld.uz saytidan domen haqidagi hamma ma’lumotlarni olish mumkin.





Download 180.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling