5 ona tili docx
Download 226.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5 - ona tili
4
NAMUNAVIY TESTLAR 1. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini ayting. A) darak gap, so‘roq gap, istak gap B) darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, istak gap С) undov gap, istak gap, buyruq gap D) sodda gap, qo‘shma gap 2. Mustaqil yurt deganda nimani tushunasiz? Ushbu so‘roq gap nima yordamida hosil qilingan? A) so‘roq ohangi B) so‘roq yuklamasi C) so‘roq olmoshi D) barchasi 3. Bo‘sh vaqtingizda onangizga yordam berasizmi? Ushbu so‘roq gap nima yordamida hosil qilingan? A) so‘roq ohangi B) so‘roq yuklamasi C) so‘roq olmoshi D) barchasi 4. Uyda mehmon bor? Ushbu so‘roq gap qanday vosita yordamida hosil qilingan? A) so‘roq ohangi B) so‘roq yuklamasi C) so‘roq olmoshi D) barchasi 5. So‘zga qo‘shib yoziladigan so‘roq-taajjub yuklamasi ... A) -ku B) -chi С) -a,-ya D) -mi 6. Yer yuzida barcha xalqlar tinch va totuv yashasa. Bu gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) istak gap B) buyruq gap С) so‘roq gap D) his-hayajonli gap 7. Millatning dardiga darmon bo‘linglar. Bu gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) istak gap B) buyruq gap С) so‘roq gap D) darak gap Gap tarkibida ma’lum so‘roqqa javob bo‘luvchi mustaqil so‘z yoki so‘zlar birikmasi GAP BO‘LAKLARI hisoblanadi. Shaxs-son ma’nolarini ifodalab, nima qil (-di, -yapti va boshq.)?, nima bo‘l (-di, -yapti va boshq.)?, kimdir?, nimadir?, qayerdir? so‘roqlariga javob bo‘luvchi mustaqil so‘zlar gapda kesim vazifasini bajaradi. Kesim gapning mazmuniy markazidir. U boshqa bo‘laklarsiz ham gap bo‘la oladi. Masalan: Men keldim. Keldi. Kesim qaysi so’z turkum orqali ifodalanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: fe’l kesim va ot kesim. Fe’l orqali ifodalanib, nima qilmoq?, nima bo‘lmoq? so‘roqlariga javob bo‘luvchi kesimlar fe’l kesim hisoblanadi. M a s a l a n: Qushlar sayraydi. Download 226.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling