5 ona tili docx
Download 226.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5 - ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiroyli yoz.
So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar so‘roqqa javob
bo‘luvchi so‘zni talab qiladi. – Ko‘chatlarga kim suv quydi? so‘roq olmoshi – Salim. so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘z So‘roq gaplar -mi, -chi, -a(ya) kabi so‘roq yuklamalari orqali ifodalanadi. Yuklamalar so‘roq gaplar kesimining oxiriga qo‘shiladi. So‘roq yuklamalari bilan ifodalangan so‘roq gaplar ha yoki yo‘q javoblarini talab qiladi. O’qidingmi? - Ha. Yozuvda -mi yuklamasi kesimga qo‘shib yoziladi: Keldingmi? -chi va -a (-ya) yuklamalari esa o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi.: Sen kelasan-a?, Sen-chi? Buyurish, da’vat qilish ma’nolarini bildirgan gaplar buyruq gap sanaladi. Masalan: Chiroyli yoz. Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Buyruq gap oxiriga nuqta qo‘yiladi. Kesimi -sa shaklidagi fe’llar orqali ifodalangan gaplar istak gap hisoblanadi. Masalan: Qani endi o’qishga kirsam. Istak gaplar oxiriga nuqta (.) qo‘yiladi. Men o’qishga kirishni istayman. (-sa yo’q, shuning uchun bu istak gap emas, darak gap). Gaplar so‘zlovchining his-hayajoni qo‘shilishi yoki qo‘shilmasligiga ko‘ra his- hayajonsiz gaplar va his-hayajon gaplarga bo‘linadi. His-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so‘roq, buyruq shaklidagi gaplar his- hayajon gaplar sanaladi. Masalan: Ey Vatan! Polvonlaring bor bo‘lsin! Uyg‘oq bo‘lsin! His-hayajon gaplarda ko‘pincha qancha, naqadar, shunchalar, qanday so‘zlari hamda undov so‘zlar(eh, oh…) ishtirok etadi yoki kesim gapning oldida keladi. Masalan: Oh, naqadar go‘zal ona tabiat! Yozuvda his-hayajon gaplar oxiriga undov (!) belgisi qo‘yiladi. Agar so‘roq gap his-hayajon bilan aytilsa, oldin so‘roq belgisi, undan so‘ng undov belgisi ishlatiladi. Masalan: Chiqmaysizmi?! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling