Fe’lga bog‘lanib, qachon?, qayerda (-ga, -dan)?, qanday (qilib)?, qancha?,
nima uchun?, nima maqsadda? singari so‘roqlarga javob bo‘luvchi gap
bo‘lagiga HOL deyiladi. Hol fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish
yoki bajarilmaslik payti, o‘rni, tarzi, miqdori, sababi va maqsadini bildiradi.
Tahlil jarayonida hol ostiga nuqtalardan iborat chiziq (............) chiziladi:
Maktabga ketdi.
Fe’lga bog‘lanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimni?, nimani?,
kim bilan?, nima bilan? singari so‘roqlarga javob bo‘luvchi bo‘laklarga
TO‘LDIRUVCHI deyiladi. Tahlilda to‘ldiruvchi ostiga uzuq chiziqchalar
(_ _ _ _ _ _) chiziladi: Bu so‘zdan Hamid ajablandi.
To‘ldiruvchi hokim bo‘lakka kelishik qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar
yordamida bog‘lanadi.
ANIQLOVCHILAR ma’nosiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1. Sifatlovchi aniqlovchi.
2. Qaratqich aniqlovchi.
Hokim bo‘lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?,
qaysi?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘lgan aniqlovchiga SIFATLOVCHI
ANIQLOVCHI deyiladi.
Hokim bo‘lakdan anglashilgan narsaning ikkinchi bir narsaga qarashli ekanini
bildirib,
kimning?, nimaning?, qayerning?
so‘roqlariga javob bo‘lgan
aniqlovchiga QARATQICH ANIQLOVCHI deyiladi.
Tahlilda aniqlovchilar ostiga to‘lqinli chiziq (
) chiziladi.
EGA
kim?, nima?, qayer?
KESIM
nima qil (-di, -yapti)?, nima bo‘l (-di, -yapti)?,
kimdir?, nimadir?, qayerdir?
HOL (+fe’l)
qachon?, qayerda (-ga, -dan)?, qanday (qilib)?,
qancha?, nima uchun?, nima maqsadda?
TO’LDIRUVCHI
kimga?, nimaga?, kimdan?,nimadan?,
kimni?, nimani?, kim bilan?,nima bilan?
Do'stlaringiz bilan baham: |