5-semestr 1-amaliy mashg‘ulot: pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida tutgan ahamiyati. Maqsad


Download 27.76 Kb.
bet1/2
Sana30.10.2023
Hajmi27.76 Kb.
#1734974
  1   2
Bog'liq
5-semestr 1-amaliy mashg‘ulot pedagogik mahorat haqida tushunch


Amaliy mashg’ulot mavzulari
(5-semestr)


1-AMALIY MASHG‘ULOT: PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O’QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN AHAMIYATI.

Maqsad: talabalarning pedagogik mahorat va uning umumiy asoslari, tarkibiy qismlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash, nazariy bilimlaridan amaliyotda qo‘llay olish kompetensiyasini shakllantirish.
Kerakli jihoz va materiallar: noutbook, proyektor, taqdimot materiallari, o‘quv qo‘llanmalar, test varaqalari, daftar konspekt.
Glossary:
Mahorat (a.“mahorat” –mohirlik, ustalik, epchillik)– bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o‘ta mohirlik bilan bajarish.
Pedagogik mahorat – pedagogning pedagogik jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy va subyektiv jihatdan o‘ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish hamda boshqarish qobiliyati va malakasiga egaligi
Pedagogik bilimdonlik – pedagogning kasbiy faoliyatni mavjud ijtimoiy talab, huquqiy me’yor va standartlarga muvofiq tashkil etishga bo‘lgan qobilligi, kasbiy tayyorgarlik darajasi
Pedagogik odob – pedagog oldiga uning o‘ziga, kasbiga, jamiyatga, talabalarga va o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga munosabatda bo‘lishiga nisbatan qo‘yiladigan axloqiy talablar tizimi.
Pedagogik obro‘pedagogning talabalar, ularning ota-onalari, pedagogik jamoa, shuningdek, jamiyat tomonidan e’tirof etilgan axloqiy maqomi.
Pedagogik qobiliyat – pedagog tomonidan pedagogik faoliyatni oqilona tashkil etilishi va olib borilishini, amaliy vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlar.
Amaliy mashg‘ulotning tashkiliy tuzilishi:

  • talabalarning davomati va darsga tayyorlanish darajasini aniqlash;

  • o‘qituvchi tomonidan mavzu bo‘yicha bajariladigan ishlarni tushuntirish;

  • mashg‘ulotda o‘quvchilarning mustaqil shug‘ullanishi;

  • bajarilgan amaliy ishlarining natijalarining nazorati;

  • mazkur mavzu bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirish darajasini yakuniy nazoratdan o‘tkazish;

  • keyingi amaliy mashg‘ulot uchun topshiriq berish.

1-topshiriq.

2-topshiriq.


Download 27.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling