5-sinf 3-nazorat ishi
Download 16.96 Kb.
|
5-sinf 3-nazorat
5-sinf 3-nazorat ishi Qaysi o’simlik(lar) zax yerlarda, zax bosgan devorlarda yashil chim hosil qiladi ? a) qirqquloq b) qirqbo’g’im s) yo’sin d) barchasi Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka xos ? Ingichka poyasida barglari ketma-ket o’rnashgan bo’lib, ildizi bo’lmaydi. Tuproqqa rizoidlari bilan birikadi. Sporalari yordamida ko’payadi. Sporalari qo’ng’ir rangli ko’sakchalarda yetiladi. a) archa b) qirqbo’g’im s) yo’sin d) qirqquloq O’zbekistonda 4500 da ortiq qanday o’simliklar bor ? a) dorivor b ) yuksak s) suvo’tlar d) tuban Namatak tarkibidagi qaysi vitamin qonni suyultiradi ? a) A b) B s) C d) D Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka tegishli ? Atirgulning yovvoyi turi bo’lib, asosan, uning mevasidan ko’proq foydalaniladi. Odamning quvvati kamayganida, erta bahorda organizmda vitaminlar yetishmaganda uni qaynatmasi tavsiya etiladi a) isiriq b) shirinmiya s) na’matak d) aloe Ayniqsa yosh bolalar shamollaganda qaysi dorivor o’simlik(lar) bilan davolash tavsiya etiladi a) aloe b) qizilmiya s) na’matak d) isiriq Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka xos ? Ildizpoyali ko’p yillik o’t. Xalq tabobatida ildizpoyasidan tayyorlangan qaynatma quruq yo’tal, tomoq og’rig’iga davo sifatida ishlatiladi. a) aloe b) qizilmiya s) shirinmiya d) b va s Isiriqning dorivorlik xususiyati qachon eng yuqori bo’ladi ? a) barg chiqarganida b) meva berganida s) quritilganida d) barchasida bir xil Qaysi o’simlikning barcha qismi zaharli hisoblanmaydi ? a) yalpiz b) bangidevona s) mingdevona d) a va s Hayvonlarning sanoat xomashyosi nima ? a) tuxum b) go’sht s) jun d) zahar Yumronqoziq, olmaxon, qushlar tabiatda qanday ahamiyatga ega ? a) tuproq unumdorligini oshiradi, mevani tarqatadi b) urug’larni tarqatadi s) meva va urug’larni tarqatadi d) biofiltr, tabiat sanitari Hayvonlarning yer yuzida qancha turi bor ? a) 2,5 mln tur b) 1500 mln tur s) 2000 tur d) 500 ming tur Palmaga o’xshab tez o’suvchi manzarali o’simlik sifatida o’stiriladigan o’simlikni aniqlang ? a) xurmo b) makkajo’xori s) terak d) kanakunjut Ushbu ta’rif qaysi o’simlikkar xos ? Uning dorivor preparatlari uxlatuvchi ta’sirga ham ega. Uning tutuni esa uy-joylarni dezinfeksiya qilish bilan birga, xona havosini tozalaydi, kasalliklarni keng tarqalishining oldini oladi. a) qizilmiya b) aloe s) isiriq d) yalpiz Qaysi o’simiklarning ildizi bo’lmaydi ? a) yo’sin b) suv qaroqchisi s) a va b d) qirqbo’g’im Download 16.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling