6. “Kimki yaxshilik qilganlarga yomonlik sog‘insa, u, albatta, jazoga yo‘liqqay”. Ushbu maqol Ezopning qaysi masaliga mos keladi? – “Kiyik bilan tokzor” masaliga.
7. Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o‘ziniyoq yaxshilik qilganga yo‘yishi qaysi masalda keltiriladi? – “Bo‘ri bilan laylak” masalida.
8. “Yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan odamga qilish kerak”. Ushbu fikr Ezopning qaysi masaliga mos tushadi? – “Bo‘ri bilan laylak” masaliga.
9. Ayrim kishilarning kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho‘kib qolishi Ezopning qaysi masalida aytiladi? – “Eshak bilan baqalar”.
10. “Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil”. Ushbu maqol Ezopning qaysi masalida ilgari surilgan? – “Eshak bilan baqalar”.
11. Ayrim kishilarning ishlatgan hiyla-nayranglari o‘zining boshiga yetishi qaysi masalda aytilgan? – “Ustiga tuz ortilgan eshak”.
12. “Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma”. Ushbu maqol Ezopning qaysi masalida aytiladi? – “Ustiga tuz ortilgan eshak”.
13. “Ustiga tuz ortilgan eshak” masalida eshak ikkinchi bora nima olib kelayotgan edi? – Yuvg‘ich.
14. Yuvg‘ich nima? – Bir yillik o‘simlikdan olinadigan, idish-tovoq yuvishda ishlatiladigan, yumshoq, ichi g‘ovak narsa.
15. “Ortiqcha chiranish belni chiqaradi”. Ushbu maqol Ezopning qaysi masaliga mos keladi? – “Burgut, zag‘cha va cho‘pon”.
16. “Ko‘rpangga qarab oyoq uzatgin”. Ushbu maqol Ezopning qaysi masaliga mos keladi? – “Burgut, zag‘cha va cho‘pon”.
17. Ezop masallarini qayta ishlagan fransuz masalchisi kim? – Lafonten.
18. Ezop masallarini qayta ishlagan rus masalchisi kim? – I. Krilov.
Nazariy ma’lumot. Masal haqida tushuncha
1. Masal nima? – Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |