5-sinf. Adabiyot
(I QISM)
Adabiyot – so‘z san’ati
1. Odam bolasi nimasi bilan boshqa mavjudotlardan farq qiladi? – Fikrlay olish qobiliyati bilan.
2. Odam fikrlar ekan, bir narsani boshqasiga solishtiradi. Mana shu solishtirish paytida nima yuz beradi? – Obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi.
3. Jajji bolajonlarning osmondagi bulutlarni chopib borayotgan otga, ulkan odam qiyofasiga o‘xshatishi bu… – Obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi.
4. Jajji bolajonlarning barg ustida sudralayotgan ipak qurtini poyezdga o‘xshatishi bu… – Obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi.
5. Jajji bolajonlarning bahorda lolaqizg‘aldoq bilan qoplangan dalalarni qip-qizil gilamga o‘xshatishi bu… – Obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi.
6. Obrazli fikrlashning rang-barang ko‘rinishlari nimada aks etadi? – Ertaklarda.
7. “Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga…”, - deya boshlanuvchi “Vatanim” she’ri muallifini toping. – Muhammad Yusuf.
8. Poytaxtimiz Toshkentning markazida joylashgan O‘zbekiston Milliy bog‘iga kimning haykali o‘rnatilgan? – Alisher Navoiyning.
9. Haykalni o‘rab turgan moviy gumbaz ustiga shoirning qaysi misralari bitilgan? – “Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish” misralari.
10. Bu misralar yozilganiga qancha vaqt bo‘ldi? – 500 yildan ortiq vaqt o‘tdi?
11. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari muallifi kim? – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
12. “Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi”. Ushbu fikrlar muallifi kim? – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
13. “Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi”. Ushbu fikrlar qaysi asarda uchraydi? – “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |