5-sinf. Adabiyot (I qism) Adabiyot – so‘z san’ati 1


Kishining tasavvuri va tafakkurini o‘stiradigan, bolalarni topag‘on bo‘lishga, hozirjavoblikka o‘rgatadigan janr bu … - Topishmoq


Download 81.43 Kb.
bet5/43
Sana05.01.2023
Hajmi81.43 Kb.
#1079889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
5ADABIYOT

7. Kishining tasavvuri va tafakkurini o‘stiradigan, bolalarni topag‘on bo‘lishga, hozirjavoblikka o‘rgatadigan janr bu … - Topishmoq.
8. Topishmoqlar necha xil shaklda bo‘ladi? – 2 xil: nasriy va she’riy.
9. Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra … - 2 xil: bir yoki bir necha predmetli bo‘ladi.
10. Qoziq ustida qor turmas?” Tuxum.
11. O‘zi bir qarich, soqoli qirq qarich?” Igna.
12. Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxda o‘ttiz yaproq – bir yog‘i qora, bir yog‘i oq?” Yil (daraxt), o‘n ikki oy (shox), o‘ttiz kun (o‘ttiz yaproq), o‘ttiz kecha va kunduz (bir yog‘i qora, bir yog‘i oq).
13. “Teg desa, tegmaydi, tegma desa, tegadi?” Lab.
14. “Chin qushim, chinni qushim,
Chin tepaga qo‘ndi qushim,
Tumshug‘ini yerga berib,
Xalqqa salom berdi, qushim?” – Choynak.
15. Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining yana qaysi janrlari ichida ham uchraydi? – Doston va ertaklar ichida.
16. Topishmoq qatnashadigan ertaklar necha xil? – 2 xil: 1. Topishmoqli ertak (topishmoq ertak ichida keladi); 2. Ertak-topishmoq (asar voqealari topishmoq asosiga quriladi).
17. Mumtoz adabiyotdagi topishmoq nima deb ataladi? – Chiston.
18. Chiston janrining go‘zal namunalarini mumtoz adabiyotimizdagi qaysi ijodkorlar ijodida kuzatishimiz mumkin? – Alisher Navoiy, Uvaysiy.
Nazariy ma’lumot. Maqol va topishmoq tushunchasi
1. Insonni odob-axloqqa o‘rgatadigan janr? – Maqol.
2. Insonni mantiqiy fikrlashga, topqirlikka, hozirjavoblikka o‘rgatadigan janr? – Topishmoq.
3. Inson nutqini bezaydigan janr qaysi? – Maqol.
4. Maqol janriga taalluqli maqol keltiring. – “Yuz ko‘rki – soqol, so‘z ko‘rki – maqol”.
5. Maqolga qanday xususiyatlar xos? – Mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon bo‘ladi.

Download 81.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling