16. Hadisshunoslik fani nima bilan shug‘ullangan? – Hadislarni “sahih” (ishonchli) va “nosahih” (ishonchsiz) ga ajratish bilan.
17. Payg‘ambarimiz so‘zlari bu - … – Hadis
18. Hadislar kimlardan yig‘ilgan? – Roviylardan.
19. “Roviy” so‘zining ma’nosi nima? – “Ma’lumot beruvchi”, “ma’lumot aytuvchi”.
20. “Roviylar” necha xil bo‘lgan? – 2 xil: 1. Sahobalar; 2. Tobeinlar.
21. Sahobalar kimlar? – Payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbatda bo‘lgan izdoshlari.
22. Tobeinlar kimlar? – Payg‘ambarimizni emas, sahobalarni ko‘rib, ulardan eshitganlarini aytuvchilardir.
23. Hadis necha qismdan tashkil topgan? – Hadis 2 qismdan: 1. Sanad; 2. Matn.
24. Sanad nima? – Payg‘ambarimiz so‘zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligining hujjati.
25. Matn nima? – Matn bu – hadisning mazmunidir.
26. Hadis ilmining Buxorodan yetishib chiqqan vakili kim? – Imom Buxoriy.
27. Imom al-Buxoriyning ismi kim? – Muhammad.
28. Imom al-Buxoriyning otasining ismi? – Ismoil.
29. Imom al-Buxoriy qachon va qayerda tug‘ilgan? – 810-yilning 21-iyunida Buxoro shahrida.
30. Imom al-Buxoriyning qachon va qayerda tug‘ilganligining aniq bizgacha yetib kelishiga sabab nimada? – Sababi shuki, otasi Ismoil o‘z davrining savodli va o‘qimishli insonlaridan biri bo‘lgan. Shuning uchun o‘g‘lining qachon va qayerda tug‘ilganligini aniq yozib qo‘ygan.
31. Otasi Ismoil Buxoriy qaysi kasb bilan shug‘ullangan? – Mudarris edi, goho tijorat bilan ham shug‘ullanar edi. NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
6
32. Aytishlaricha, Imom Buxoriyning ko‘zi yoshligida ojiz bo‘lib qolgan edi. Shunda onaizorning tushiga kim kirib, farzandining ko‘zi ochilishi haqida xushxabar bergan edi? – Ibrohim alayhissalom.
Do'stlaringiz bilan baham: |