5-sinf. Adabiyot (I qism) Adabiyot – so‘z san’ati 1


“Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida podachi Baxtiyorning vatani qayer edi? – Susambil


Download 81.43 Kb.
bet19/43
Sana05.01.2023
Hajmi81.43 Kb.
#1079889
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Bog'liq
5ADABIYOT

10. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida podachi Baxtiyorning vatani qayer edi? – Susambil.
11. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida Jambilni xon zulmidan qutqargan Oygul u yurtga kimni rahbar qilib ketadi? – Qul Tarlonni.
12. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni necha bo‘ginli she’riy yo‘lda yozilgan? – 7 bo‘g‘inli.
13. “Xirs” so‘zining ma’nosi nima? – Fors-tojikchada ayiq degani.
14. “Hirs”-chi? – Insonning xunuk nafsini ifodalaydigan tushuncha.
15. Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” dostonida orttirilgan tajribasi yana qaysi asarlarni yozishda qo‘l keladi? – “Zaynab va Omon”, “Semurg‘”, “Roksananing ko‘z yoshlari” singari doston va balladalarida.
16. Iste’dodli ijodkor Hamid Olimjon qachon vafot etgan? – 1944-yil 3-iyul kuni Toshkent viloyatining Do‘rmon qishlog‘ida joylashgan “Yozuvchilar bog‘i”dan shaharga qaytayotganda avtohalokat tufayli vafot etgan.
Aka-uka Grimmlar hayoti va ijodi
1. Aka-uka Grimmlarning ismi nima? - Yakob 1785–1863, Vilgelm 1786–1859
2. Aka-uka Grimmlar qaysi universitetlarning professorlari bo‘ldilar? – Gettingen va Berlin.
3. Bu ertakchilar ertaklarni qanday to‘plar edi? - Grimmlar ertaklarning ko‘pchiligini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, ba’zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib olardilar. NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
13


4. Aka-uka Grimmlarning 1812-1822-yillarda yozgan kitobi qaysi? – 3 jildlik “Bolalar va oilaviy ertaklar” kitobi.
5. Bu kitobga qanday ertaklarni kiritganlar? – 200 dan ortiqroq ertak jamlangan bo‘lib, unda mualliflar afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirganlar.
6. Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari kimlar? – Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambag‘al, beva-bechoralarning o‘g‘il-qizlari, cho‘pon yoki askarlar bo‘ldi.
7. Grimmlarning qaysi ertaklari qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so‘kish eshitadigan va eng qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo‘lib, ertak davomida o‘zlarining halol mehnati, yoqimli so‘z va odoblari bilan baxtiyor bo‘ladilar? – “Zolushka”, “Qor qiz” ertaklari.

Download 81.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling