1. Abdulla Oripov “O‘zbekiston” qasidasida osmon ilmi haqida jadval tuzgan kim edi? – Ko‘ragoniy (Mirzo Ulug‘bek)
2. Abdulla Oripov “O‘zbekiston” qasidasida Amerikani Xristofor Kolumbdan oldin kim kashf etgan deydi? – Abu Rayhon Beruniy.
3. Abdulla Oripov “O‘zbekiston” qasidasida Temur tig‘i yetmagan joyni kim qalami bilan olganligini aytadi? – Alisher Navoiy.
4. Abdulla Oripov “O‘zbekiston” qasidasida kim sahrolarda kon ochganini aytadi? – Habib Abdulla.
5. “O‘zbekiston” qasidasining hajmi qancha? – har biri 10 satrlik 14 band. Jami – 140 satr.
6. “O‘zbekiston” qasidasi qachon yozilgan? – 1968-yilda.
7. U paytlari insonlar ongiga “SSSR – bizning yagona Vatanimiz!”, - degan soxta shiorlar singdirilganda, Abdulla Oripov qanday jasorat ko‘rsatadi? – “O‘zbekiston – Vatanim manim” deydi.
8. Ushbu qasida yana kimning qaysi qasidasi bilan o‘xshash tarzda yozilgan? – Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi bilan.
Anvar Obidjon hayoti va ijodi. She’rlari
1. Anvar Obidjon qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1947-yil 8-yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida. NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
26
2. Shoir qaysi nashriyotning bosh muharriri edi? – “Cho‘lpon” nashriyotining.
3. Shoir dastlabgi she’rlarini necha yoshida boshlagan? – 14-15 yoshlarida.
4. Ilk kitobining nomi nima? – “Ona yer” kitobi.
5. Bu kitobi nechanchi yil chiqqan? – 1974 yilda – shoir 27 yoshga kirganida.
6. Anvar Obidjonning bolalarga atalgan ilk komediyasi qaysi? – “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi” komediyasi. 1983-yilda respublika Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilgan.
7. Pyesalari qaysi? – “Pahlavonning o‘g‘irlanishi”, “Topsang – hay-hay” (“Qorinbotir)”, “Navro‘z va Boychechak”, “To‘tiqul”, “Alamazon”, “Meshpolvon”.
Do'stlaringiz bilan baham: |