1. Islom dinida Qur’oni Karimdan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bu - … - Hadis.
2. Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyatini, uning diniy va axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladigan manba bu - … - Hadis.
3. Sunnat nima? – 1. Payg‘ambarimizning aytgan so‘zlari; 2. Payg‘ambarimizning qilib ko‘rsatgan biror bir ishlari. 3. Payg‘ambarimizning boshqalar qilgan biron-bir ishni ko‘rib turib, uni man etmagan holati. Mana shu 3 holat sunnatdir.
4. Hadis ilmining rivojlanishiga bizning yurtimizdan yetishib chiqqan qaysi muhaddislar ulkan hissa qo‘shishgan? - Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
8
ibn Iso at-Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abu ar-Rahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy.
5. Ushbu muhaddislar orasida kim eng oldingi o‘rinlarda turadi? – Imom Buxoriy.
6. Imom al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” asarining yana bir nomi nima? – “Sahih al-Buxoriy”
7. Hadislarni ishonchli va ishonchsizga ajratishni kim birinchi bo‘lib joriy qilgan? – Imom Buxoriy.
Ezop
1. Kundalik hayotda yoshi katta odamlar yoki muallimlaringiz o‘zaro suhbatlarida nutqi ta’sirli chiqishi uchun nimalarni ishlatishadi? – Har xil maqol va masallar, hikmatli so‘zlar yoxud kichik-kichik ibratli voqealarni.
2. Qay tarzda bildirilgan fikr oddiy xabardan ko‘ra kishilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi? – Maqol yoki masal orqali ifodalangan fikr.
3. “… maqol va matallar bejiz paydo bo‘lmagan, ular ham ma’lum bir haqiqatning ifodasi”. Ushbu fikrlar muallifi kim va qaysi asardan olingan? – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida.
4. Kishilarning o‘z nutqiga maqol va matal qo‘shib so‘zlash usulini yevropaliklar qanday atashadi? – “Ezop tilida so‘zlash” yoki “Ezopona til”.
Do'stlaringiz bilan baham: |