17. Abu Hurayra (r. a.) qachon vafot etgan? – 676-yilda.
18. Bir odam Rasululloh (s. a. v.) huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, mening yaxshi muomala qilmog‘imga kim haqliroqdir” , deganida Janob Rasululloh qanday javob qaytargan? – “Onang” – deb aytdilar.
19. Janob Rasululloh: “Yo Rasululloh, mening yaxshi muomala qilmog‘imga kim haqliroqdir” , deb so‘ralgan paytda necha marta “Onang”, deb javob bergan? – 3 marta.
20. Janob Rasulullohdan to‘rtinchi marta so‘ralganda qanday javob qaytargan? – “Otang!” – deb javob qildilar.
21. Hadisda aytilishicha, yaxshi muomala qilinmog‘iga kim haqliroq? – Avval ona, so‘ng esa ota.
22. Rasululloh (s.a.v): “Odam qiladigan gunohi azimlardan biri – ota-onasini haqorat qilmoqdir!”. Odam bolasi yana kimlarni haqorat qilsa, o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘ladi? – Birovlarning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘ladi.
23. “As-somu alaykum” so‘zining ma’nosi nima? – “Sizga o‘lim”.
24. Horisa ibn Vahb al-Huzo’iydan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s. a. v.) aytgan ahli jannat va ahli do‘zaxiylar kimlar? – Ahli jannat – har bir zaif, bechorahol odam. U odam Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichadi va so‘zining ustidan chiqadi. Ahli do‘zax – har bir qo‘pol, quruq gerdaygan, beqanoat va dimog‘dor odam.
25. Janobi Payg‘ambarimizning jufti halollarining ismi kim edi? – Oysha onamiz.
26. “Boshliq bo‘lmasingizdan avval ilmni chuqur o‘rganing!” Ushbu fikrlar muallifi kim? – hazrati Umar (r.a.)
27. Nabiy (s. a. v.): “Kimga zakot bergan odamga ikkita savob tegadi”, - deydi? – Qarindoshlariga.
28. “Riyo” so‘zining ma’nosi nima? – Ikkiyuzlamachilik.
29. Qanday odam zolim odam deb aytiladi? – Alloh taolo nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlariga muvofiq hukm qilmaydiganlar zolimdirlar!
Nazariy ma’lumot. Hadis haqida tushuncha
Do'stlaringiz bilan baham: |