5-sinf. Adabiyot (I qism) Adabiyot – so‘z san’ati 1


Rad etib bo‘lmaydigan hukm bu … - Maqol


Download 81.43 Kb.
bet6/43
Sana05.01.2023
Hajmi81.43 Kb.
#1079889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
5ADABIYOT

6. Rad etib bo‘lmaydigan hukm bu … - Maqol.
7. “Maqol” so‘zi qaysi tildan olingan? – Arabcha “so‘z” degan ma’noni bildiradi.
8. “Otalar so‘zi” deb ataladigan janr qaysi? – Maqol. NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
5


9. Maqol va topishmoqlar o‘xshash va farqli jihatidan qat’iy nazar nimaga xizmat qiladi? – Inson tarbiyasiga xizmat qiladi.
10. “Ma’nolar maxzani” asari muallifi kim? – Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedov.
Imom al-Buxoriy hayoti va faoliyati
1. Islom dunyosining eng mashhur kishilaridan biri bu … - Imom Buxoriy.
2. Imom Buxoriyni qanday chaqirishgan? – Muhaddislar imomi.
3. “Muhaddis” so‘zining ma’nosi nima? – “Hadis biluvchi”, “hadis aytuvchi” degani.
4. Hadis nima? – Hadis bu – payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v.) so‘zlaridir.
5. Imom Buxoriy qanday alloma? – U kishi payg‘ambarimiz so‘zlarini yig‘gan, o‘rgangan va aytgan allomadir.
6. Namoz jamoa bo‘lib o‘qilganda oldindagi boshlab boruvchi kim deb ataladi? – Imom deb ataladi.
7. Islomda islomiy yashash va o‘zaro muomala qilishning bosh kitobi bu – Qur’oni Karim.
8. Payg‘ambarimizga vahiy qilib yuborilgan kitob bu … - Qur’oni Karim.
9. “Vahiy” nima? – Alloh taoloning o‘z sevgan bandasi diliga ilohiy so‘zlarni solishi.
10. Qur’oni Karimning yana bir nomi qanday? – “Kalomi Alloh” (“Alloh so‘zlari”).
11. Qur’oni Karimni xalq orasida qanday atashgan? – “Kalomulloh”.
12. Hadisning vazifasi qanday? – U Qur’oni Karimdagi oyatlarni tushuntiradi.
13. Qur’oni Karimdan keyingi eng muhim qo‘llanma nima? – Hadis.
14. Hadis yig‘ish qachon boshlangan? – Payg‘ambarimiz davrlaridan.
15. Islom dushmanlari nima maqsadda soxta hadislar to‘qishgan? – Ular Islomni obro‘sizlantirishni, musulmonlarni chalg‘itishni maqsad qilishgan.

Download 81.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling